Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 aprеldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-sonli Farmonining 18 bandiga muvofiq, Davlat ishtirokidagi korxonalarga asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish taqiqlangan.
Formonda belgilanganidek, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan asosiy faoliyatiga xos bo‘lgan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish hamda xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushni sotib olish, shuningdek, asosiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanish kuzatuv kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Shu sababli, jamiyat aksiyalar sotib olish yoki bevosita sotish ishlari bilan shugʻullanmaydi.
Jamiyat tomonida aksiyalar sotib olingani yoʻq.