• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Mahalliylashtirish dasturi

2025 yilda “Olmaliq KMK” AJ mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida 105 ta loyiha boʻyicha umumiy hajmi 1283,9 mlrd soʻmlik tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan, jumladan:

- poʻlat va choʻyandan quyma ehtiyot qismlar - 152,2 mlrd soʻm;

- nostandart uskunalar - 11,3 mlrd soʻm;

- GRT va GRAT nasoslariga ehtiyot qismlar - 12,1 mlrd soʻm;

- tegirmon uskunalariga ehtiyot qismlar - 20,0 mlrd soʻm;

- maydalash uskunalariga ehtiyot qismlar - 2,0 mlrd soʻm;

- ekskavatorlar va burgʻulash stanoklariga ehtiyot qismlar - 11,9 mlrd soʻm;

- mahalliy hom ashyoni chuqur qayta ishlash mahsulotlari - 55,7 mlrd soʻm;

- temir yoʻl transporti va yoʻllariga, togʻ-kon uskunalari, avtotransport va texnologik transportlar uchun ehtiyot qismlar) - 13,4 mlrd soʻm;

- emulsion portlovchi moddalar - 245,3 mlrd soʻm;

- metalkonstruksiyalar - 635,8 mlrd soʻm;

- konveyer roliklari - 6,0 mlrd soʻm;

- ta’mirlash mexanika uchastkalari - 30,4 mlrd soʻm;

- boshqalar - 87,8 mlrd soʻm.

Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi 99,5 mln doll. miqdorida xorijiy valyuta mablagʻlarini tejash imkonini beradi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish Kombinatning quyidagi tarkibiy boʻlimlarida amalga oshiriladi:

- Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi;

- Rux zavodi;

- Mis eritish zavodi;

- Portlovchi materiallar zavodi;

- Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi;

- Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va tadbiq etish boʻyicha texnologik markazi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Kombinat tomonidan so’nggi yillarda quyidagi uchastkalar ishga tushirildi:      

- Togʻ kon - shaxta uskunalarini ishlab chiqarish sexi;

- Sulfat sink ishlab chiqarish uchastkasi;

- RAM qotishmalarini ishlb chiqarish uchastkasi;

- Rux oksidini ishlab chiqarish uchastkasi;

- Oltin va kumushni affinaj  boʻyicha ishlab chiqarish uchastkasi;

- Emulsion portlovchi moddalarni ishlab chiqarish boʻyicha uchastka;

- Kimyoviy chidamkor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha uchastka.

Yaqin kelajakda mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida mashinasozlik zavodini yaratish koʻzda tutilgan, natijada import orqali sotib olinayotgan maydalash-yanchish va qayta ishlash uskunalari, togʻ kon-shaxta, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, yangi turdagi uskunalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish imkonini beradi.

*Izoh: “O’zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ bilan birgalikda mahalliylashtirish dasturi 1535 mlrd soʻmni tashkil etardi. 

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu