Javob: Hozirgi vaqtda "Olmaliq KMK" AJga ishga qabul qilish, ishchi ixtisosliklari va mutaxassislar lavozimlari bo’yicha bo’sh ish o’rinlarga da'vogarlarni tanlab olish, hamda kombinatni malakali ishchilar, xizmatchilar va mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida, bo’sh ish o’rinlari va xodimlarga ehtiyoj mavjud bo’lganda onlayn https://www.agmk.uz/ru/vacancy amalga oshirilmoqda.
Da'vogarning ishbilarmonlik kasbiy hislatlari testlash va suhbatlashish orqali dastlabki tanlash jarayonida aniqlanadi.
Ish qidirayotgan fuqarolar, quyidagi hujjatlarni online taqdim qiladilar
- Rezyume;
- Pasport;
- Mehnat stajini tasdiqlovchi daftarcha (avval ishlamaganlardan tashqari);
- Kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, asli yoki o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (kasbga ega bo’lgan shaxslar uchun)
- Nogironlar ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bilan birgalikda qo’shimcha tarzda tavsiya etilayotgan tavsifi va mehnat sharoitlari haqida Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) xulosasini taqdim etadilar.
Ishga qabul qilish haqida ma'lumot "Olmaliq KMK" AJ rasmiy veb-saytida - www.agmk.uz, shuningdek Facebook - https://www.facebook.com/agmkofficial, Telegram - https://t.me/ao_agmk ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi.
Javob: Ish haqi to’g’risida ma'lumotnoma olish uchun "Olmaliq KMK" AJ arxiviga yozma ariza yoki info@agmk.uz elektron pochtasiga so’rov yo’llab murojaat etish mumkin. Arizaga pasport nusxasi, hamda kombinatda ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining nusxasini ilova qilish lozim.
So’rovni ijro etish muddati - ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab 30 kun.
Olib borilgan ishlar natijasida arxiv Arizachiga rahbar tomonidan burchak shtampi va muhr bilan tasdiqlangan arxiv ma'lumotnomasini yuboradi. Arxiv ma'lumotnomasida ish haqi ma'lumot so’ralayotgan davr mobaynida amalda bo’lgan pul nominaliga (so’m) binoan ko’rsatiladi. Ular arxiv hujjatlarida qanday bayon etilgan bo’lsa, ma'lumotnomaga ham huddi shunday kiritiladi.
Arxiv ma'lumotnomalari, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini, hamda o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan tegishli ishonchnoma taqdim etganda beriladi, shuningdek elektron nusxasi E-mail orqali jo’natiladi. Hujjatlarning haqiqiy nusxasi arizachining uy manziliga pochta orqali jo’natiladi.
Javob: Mazkur aksiyalarni reestrda rasmiylashtirish (yangilash) haqidagi ma'lumotlar bilan "Olmaliq KMK" AJ www.agmk.uz veb-saytidagi "Aksiyadorlarga" bo’limining "Rezident bo'lmagan aksiyadorlar" sahifasida tanishishingiz mumkin. Demak, sizga tegishli bo’lgan pul miqdorini tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha harakat qiluvchi ishonchli shaxslar orqali olishingiz mumkin. Aksiyadorning yashash joyi bo’yicha notarial tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga yo’l qo’yiladi.
Javob: Kombinat o’zining O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashovchi sobiq xodimlariga sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash uchun pul mablag’larini har oyda va o’z vaqtida "O’zbekiston pochtasi" AJ orqali o’tkazib turadi.
Rossiya Federasiyasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha o’tkazmalar miqdori O’zbekiston Respublikasi Bosh pochtasida to’planib boriladi, va bu yerda valuta ayirboshlanadi va zararni qoplash uchun to’lovlar miqdorlari egasiga jo’natiladi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh pochtasi valuta mablag’larining to’planishiga qarab, Sizga tegishli bo’lgan pul mablag’larini majburiy tarzda pochta o’tkazmalari orqali jo’natadi.
Javob: Hozirgi kunda bir vaqtning o’zida kombinatda ishlab hamda o’qish huquqiga egasiz. Siz faqat Oliy o’quv yurtlarining sirtqi va kechki bo’limlarini kerakli bo’lgan yo’nalishlarida o’qishingiz mumkin. Buning uchun tegishli hujjatlarni
Oliy o’quv yurtlarida tashkil etilgan qabul komissiyalariga topshirishingiz va test sinovlaridan o’tishingiz mumkin. Hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha topshiriladi.
«Yangi Mehnat kodeksining 161-modda 6-bandining ma’nosini tushuntiring – «Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish»: «quyidagi sabablardan (asoslardan) birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asoslanganligini bildiradi: amaldagi Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilangan boshqa sabablar (asoslar)». Mazkur Kodeks bilan belgilangan «boshqa sabablarga (asoslarga) nimalar kiradi?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya Lyanders javob berdi:
– Yangi Mehnat kodeksining mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga oid qismini tushunish va toʻgʻri qoʻllash uchun qiyosiy jadval bilan tanishishni taklif qilamiz:
1995 y. tahr. MK 100-m. |
2022 y. yangi MK 161-m. |
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli boʻlishi shart. Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi: |
(1-q.) Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish asoslangan boʻlishi kerak. (2-q.) Quyidagi sabablardan (asoslardan) birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asoslanganligini bildiradi: |
1)teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, хodimlar soni (shtati) yoki ish хususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoхud korхonaning tugatilganligi; |
2) teхnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, хizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor хodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi; |
Alohida band yoʻq, 1-bandga qaralsin |
1) tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaхs organining qarori bilan tugatilganligi yoхud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi; |
2) хodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi; |
3) хodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi; Mehnat shartnomasini «sogʻligʻi holatiga koʻra» bekor qilish uchun asos yangi Mehnat kodeksining 168-m. 1-q. 5-bandiga koʻchirilgan. Unda tomonlarning хohish- irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra ishdan boʻshatish uchun asoslar koʻrsatilgan. Soʻzma-soʻz bu band quyidagi koʻrinishda boʻladi: «Quyidagilar taraflarning хohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻladi: 5) qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi (хodimning belgilangan tartibda berilgan tibbiy хulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga toʻliq qobiliyatsiz deb e’tirof etilganligi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilinganligi, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanish huquqini talab qilsa, muayyan ishni bajarishga doir ruхsatnomadan yoki litsenziyadan mahrum etilganligi va boshqalar) …» |
Davomini kadrovik.uz da
“Olmaliq KMK” AJda boshqa doimiy ishga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 138, 140-moddalariga asosan ish beruvchi bilan xodimning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ish haqi saqlanmaydigan ta'til deganda xodimning ish o‘rni saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta'til tushuniladi. Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta'til berilishi mumkin. Uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta'til berilgan kundan e'tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta'tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.
Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chogʻida mehnat shartnomasida belgilanishi mumkin (Mehnat kodeksining 129-moddasining 4-qismi).