2021-yil yozgi sog’lomlashtirish mavsumida bolalarning dam olishini tashkil etish va sog’lomlashtirish maqsadida "Olmaliq KMK" AJga qarashli 5 ta oromgoh faoliyat yuritdi:
- "Tong" BSO - Toshkent viloyati Piskent tumanida;
- "Metallurg" BSO - Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida;
- "Gulzor" BSO - Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida;
- "Xonjiza-Parvoz" BSO - Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida;
- "Istiqlol" BSO - Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan.
Oromgohlar tajribali pedagogik xodimlar bilan ta'minlandi, yetakchilar "Metallurg" MS qoshida kasaba kengash tomnidan tashkil etilgan "Yetakchilar maktabi" da maxsus o’qitiladi.
Joriy yilda 3600 nafar bolalarning yozgi dam olish ta'tilida "Tong", "Metallurg", "Gulzor", "Xonjizza", "Istiqlol" BSO da to’laqonli dam olishlarini rejalashtirilgan, shundan 400 nafar yaqin bola bepul yo’llanmalar bo’yicha dam olishlari ko'zda tutilgan.
Bolalarning mazmunli dam olishalrini tashkil etish maqsadida oromgohlarning tasdiqlangan tadbirlar rejasiga binoan taqvimiy-mavzuli tadbirlar, ko’ngilochar-bilim orttiruvchi tanlovlar, sport musobaqalari, qiziqarli suhbatlar, munozaralar, hamda turli qiziqarli tanlovlar o’tkaziladi. "Ma'rifat tashviqoti" markazlari, kutubxonalar faoliyat yuritadi, bolalarning bilim doirasi va qiziqishlarini hisobga olgan holda stol tennisi, shashka, basketbol, suzish, voleybol, musiqa to’garaklari (xo’r bo’lib kuylash, akkordion, rubob va doirada musiqa chalish) rasm chizish, yosh kitobxonlar, mohir qo’llar, yosh yulduzlar, to’qish, loydan yasash va boshqa to’garaklari tashkil etiladi.
Bolalar sog’lomlashtirish ormgohlari to’liq yangi bannerlar va peshlavxalar, bolalar adabiyoti, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, sport jihozlari va kanselyariya mahsulotlari, o’yinchoqlar, televizor, DVD pleer va bolalar uchun mo’ljallangan disklar bilan ta'minlandi.
Bolalar sog’lomlashtirishg oromgohlarida bolalarning havfsizligini ta'minlash, kerakli dori-damonlar va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining o’z vaqtida yetkazib berilishiga alohida e'tibor qaratildi. Oromgohlarda bolalar uchun 5 martalik ovqatlantirish yo’lga qo’yilgan.
Yozgi sog’lomlashtirish mavsumida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy xarakati faollari tomonidan dasturiy tadbirlar o’tkaziladi, "Respublika " YoTT ishtirokida spektakllar namoyishi uyushtiriladi, xizmat ko’rsatgan sportchilar bilan uchrashuvlar tashkillashtiriladi.