Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Biz haqimizda

"O’zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega davlatdir."

Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga ega. Zaminimiz tabiiy gaz, qoʻng’ir va tosh koʻmir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.

Xususan, Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli boʻlgan koʻplab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari oʻz vaqtida oʻsha qadimgi konlar izlari boʻyicha ochilgan.

Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. 35 000 nafarga yaqin konchi-metallurgni birlashtirgan, Oʻzbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari boʻlgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. Oʻzining 75 yilldan ortiq tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri boʻlib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qoʻrg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.

Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud.

“Qalmoqqir”, Angren, Chodak va Xondiza kon boshqarmalari hamda “Kovuldi” konining boy zaxiralari, shuningdek, oltita boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi, Avtomobil transport boshqarmalari va Texnologik transport boshqarmalari, Sanoat temiryo`l transport boshqarmasi.

Shuningdek, Ohak zavodi, Portlatish materiallari zavodi, Issiqlik elektr markazi, Sanoat suv ta’minoti boshqarmasi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi, Isteʻmol ollari ishlab chiaqarish boshqarmasi, Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, Neft mahsulotlari taʻminoti boshqarmasi, Texnik nazorat xizmati, Markaziy analitik laboratoriyasi, Markaziy metrologiya laboratoriyasi, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish markaziIjtimoiy obyektlar boshqarmasi, Oʻquv markazi, Texnik xavfsizlik tizimi xizmati, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi kabi yordamchi korxonalar ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasining (LBMA)  “Yaxshi yetkazib beruvchi” sifat belgisi maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan.

Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan boʻlib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish boʻyicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish koʻzda tutilgan.

Bugungi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun 502 million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu esa quvvatlarni yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 148 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, sulfat kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar – 618 ming tonnadan 930 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan oʻrtacha 1,3 martaga ortadi.

Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion soʻmga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion soʻmdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion soʻmni tashkil qiladi.

Shuningdek, bugungi kunda yillik quvvati 160 million tonna rudani qazib olish va qayta ishlashga moʻljallangan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi shiddat bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu megaloyiha doirasida 3-Mis boyitaish fabrikasi qurildi. Shunindek, loyiha doirasida metallurgiya kompleksi, mashinasozlik zavodi, ohak zavodi, portlovchi moddalar zavodi kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlari ham barpo etilyapti.

Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha boʻlgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdek vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan.

Kombinat shuningdek, tabiiy resurslarni boshqarishda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga sodiqdir hamda Konchilik sanoatida shaffoflikni ta'minlash tashabbusi (EITI) tamoyil va standartlarini amalga oshirishni rasman qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi.

E-mail: info@agmk.uz

https://t.me/ao_agmk

www.facebook.com/agmkofficial

https://www.instagram.com/agmkofficial

Text to speech