Call-markaz
Ishonch telefoni
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayramiga bag‘ishlab, OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan kombinatning uch avlodi o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Mustaqillik bayrami arafasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati va kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan a’nanaga ko‘ra xayrli ishlar davom ettirildi.
Joriy yilning 14-avgust kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda OKMK tarkibidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiya raislari ishtirok etdi.
“Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 22-iyun kuni “Kaleydoskop” xalq raqs ansambli xoreografiya san’ati bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli “Ko‘chmanchilar kubogi”xalqaro tanlovining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Tibbiy-sanitariya qismi hamshiralari o‘rtasida “Eng yaxshi hamshira-2026” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 9–11-iyun kunlari sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha Farg‘ona shahrida 2009–2010-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
“OKMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan ayollar o‘rtasida “Bekajon” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning 4-iyun kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan “Yoz mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish” mavzusida kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Yoshlar parlamentlararo assambleyasining 26-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Anjumanda Hamdo‘stlik mamlakatlaridan kelgan yosh deputatlar, jamoat tashkilotlari va kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 30-aprel kuni OKMK Markaziy apparatida ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yilda amaldagi Jamoa shartnomasining bajarilishi sarhisob qilinib, 2026–2028 yilllarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash masalalari atroflicha muhokama etildi.
Butunjahon mehnat muhofazasi kuni munosabati bilan Rux zavodida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida ishchi-xodimlar o‘rtasida mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish va xodimlarning malakasini oshirish maqsadida “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Inson mehnati bilan aziz, fidoyiligi bilan qadrlidir. Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasida ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan xayrli an’ana — ko‘p yillik samarali faoliyatidan so‘ng nafaqa gashtini surish arafasida turgan xodimlarni tantanali kuzatish marosimi buning yaqqol isbotidir.
Kuni kecha Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida xotin-qizlar oʻrtasida "Bahor malikasi-2026" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Kuni kecha “Olmaliqmеtallurgqurilish” trеstida o‘tkazilgan “Bahor malikasi-2026” ko‘rik-tanlovida hamkasabalar ishtirok etishib, bir-birlarini do‘stona kurashga chorlashdi.