Call-markaz
Ishonch telefoni
Dunyoda kechayotgan turli siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar, transport yo‘laklarining o‘zgarishi va yuk tashish muddatlarining uzayishi natijasida xorijdan keltiriladigan asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va xomashyolarning narxi keskin oshib ketishi kuzatilmoqda. Bu esa yirik sanoat korxonalarining barqaror faoliyatiga va ishlab chiqarish sur’atlariga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari doirasida “Yoshlik-1” koni hududida muhim sanoat infratuzilmasi ob’ektining qurilishi faol davom etmoqda. Ushbu ob’ekt konning tog‘-transport va yordamchi texnikalariga birinchi va ikkinchi bosqich texnik xizmat ko‘rsatish (TX-1 va TX-2) ishlarini sifatli tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy ishlab chiqarish uchastkasi hisoblanadi. Uchastka hududining umumiy maydoni 4,5 gektarni tashkil etib, unda konda foydalaniladigan ulkan texnikalar va samosvallarga yuqori darajada texnik xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 27-avgust kungi № 175 (1774) sonida, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati: Yuksalish va yangilanish sari” sarlavhali maqolasi chop etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi muvaffaqiyatli sertifikatlashtirildi va natijada korxona navbatdagi yirik xalqaro yutuqni qoʻlga kiritdi.
2026-yilning 27-iyulidan 2-avgustiga qadar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari T. Chikanza va A. Blumhardt amaliy tashrif bilan kombinatda bo‘lishdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida "OKMKda Mustaqillik to‘yi" shiori ostida bir oylik madaniy-ma’rifiy festivalga start berildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda rangli metallurgiya sanoatini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda mamlakatning yetakchi sanoat korxonalaridan biri — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati muhim o‘rin tutadi.
Hurriyat gazetasining 2026-yil 8-iyuldagi 27-sonida "FIDOYILIK yoxud “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov faoliyati haqida so'z" nomli maqola chop etildi.
OKMK yirik investitsiyaviy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish hamda samarali xalqaro andozalardan unumli foydalanish maqsadida dunyoning yetakchi xorijiy korxonalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida dunyoning 99 mamlakatidan 8 mingdan ortiq ishtirokchi, jumladan, yirik investorlar, xalqaro tashkilotlar va soha ekspertlari qatnashmoqda. Forum O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini keng namoyish etish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega yangi kelishuvlarni imzolash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Olmaliq shahridagi Muhandislik maktabida OKMK geologlari va soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib, o‘tdi.
Poytaxtimizda Xalqaro gandbol federatsiyasi, Osiyo gandbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamkorligida xalqaro toifadagi trenerlik sertifikatini berishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
2026-yil 15-may kuni Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, kombinatning kredit reytingi “Barqaror” prognozi bilan “BB” darajasida tasdiqladi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan yana bir investitsiyaviy loyiha — yuqori texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lgan «Kovuldi» oltin saralash fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy tizim yo‘lga qo‘yilgan. U orqali muhandis-texnik xodimlar va ishchilarni operatsion samaradorligini yuksaltirish hamda yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash bo‘yicha taklif va g‘oyalarini rag‘batlantiradi.