Call-markaz
Ishonch telefoni
Yangi O‘zbekiston gazetasining 2023-yil 10-maydagi 90-sonida "Olmalqi KMK" AJ boshqaruvi raisi A. Xursanovning "Hamkorlikning samarali va ishonchli makoni" sarlavhali maqolasi bilan tanishing.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati hamda Yevropaning yirik kompaniyalari vakillari o‘rtasida bir qator muzokaralar o‘tkazildi.
Kombinat bugun mis qazib olish va ishlab chiqarish boʻyicha jahondagi eng yirik 30 ta korxona qatorida joy olgan boʻlib, 17 turdan ortiq mahsulotlarini 20 dan ortiq davlatlarga eksport qiladi.
Yangi O'zbekiston gazetasining 2023-yil 15-apreldagi 73-sonida "Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning "Ulkan loyihalar, zamonaviy boshqaruv, "xalqchil IPO" nomli maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham 2023 yilning birinchi choragida yuqori natijalar qayd etildi. Xususan, 2023 yil yanvar-mart holati bo‘yicha 174,7 million dollar miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 100,4 foizga bajarildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Yoshlik-1” majmuasi yaqin kelajakda dunyodagi eng yirik ochiq usulda qimmatbaho yer osti boyliklari qazib olinadigan konlardan biriga aylanadi.
30 mart kuni Milliy matbuot markazida OKMK mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz va Germaniya davlati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Sanoat shahri bo‘lgan Olmaliqda ham xalqimizning sevimli bayrami Navro‘zi olam keng nishonlandi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bayram ayyom tadbirlari o‘zgacha ruhda o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2023 yilning yanvar-fevral holati bo‘yicha mahsulotlar eksporti rejasi yuz foiz bajarildi.
Ma’lumki, Prezidentimiz murojaatnomasida muhandislarni tayyorlash va qayta tayyorlash alohida vazifa qilib belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham amaliy ishlar boshlandi.
Avval xabar berilganidek, 2022-yilning 25-dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von(12 mln AQSH dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi boʻyicha qaror qabul qilingan edi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilning yanvar oyi eksport rejasini 131% ga bajardi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tufayli ko‘plab yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi O‘zbek-Koreys ilmiy texnologik markazi mutaxassislari tomonidan volfram tarkibli chiqindilardan 96 foiz kobaltni ajratib olishga erishildi. Volfram chiqindilaridan ajratib olingan kobalt metallini qayta ishlab chiqarishga jalb qilish bo‘yicha anchadan buyon samarali ishlar olib borilmoqda.
Ishonch gazetasining 2023-yil 21-yanvardagi 10-sonida "Mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar kombinat ishchi-xodimlari hayotida qanday aks etadi?" nomi ostidagi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ xodimlari kasaba uyushmasi faollari ishtirokida o‘tgan o‘quv-seminar tafsilotlari bilan tanishing.