Call-markaz
Ishonch telefoni
Maʼlumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida koʻplab istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Kombinatda yaqinda ishga tushirilgan navbatdagi yangi loyiha zargarlik sanoati uchun muhim ahamiyat kasb etadi
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingini oldi.
2024 yilning 1-yarim yilligida Olmaliq kon-metallurigya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan barcha prognozlar bajarilishiga erishildi. Jumladan, joriy yilning olti oyi davomida eksport prognozi 106,7 foizga bajarilib, 283 372 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalari – quyosh va shamol quvvatidan foydalanishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Joriy yilda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati 2006 yildan boshlab yettinchi bor sifat menejmenti tizimini ISO 9001 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tdi va 3 yil muddatga sertifikat oldi.
Prezidentimizning Turkiya davlatiga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida ko‘plab sohalarda hamkorlik qilish imkonini yanada kengaytirdi. Xususan, OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov mazkur tashrif doirasida tog‘-kon sanoati, sohadagi yangiliklar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-may holatiga ko‘ra 251 ta loyiha bo‘yicha 704,9 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja 103,5 foizga bajarildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda. Kuni kecha konga transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan Texnologik transport boshqarmasi texnoparki yana ikkita zamonaviy avtogigant bilan boyidi.
O‘zbekistonda may oyining uchinchi yakshanbasi kon va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida kasb bayrami arafasida Xitoy Xalq Respublikasining “Huigongi (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “HG-AMMC” MCHJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir ayyom arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat faxriylariga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinadi.
Yangi O'zbekiston gazetasining 2024-yil 2-maydagi 84-sonida Olmaliq KMK AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning kombinatda kukun metallurgiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berilgan "Kukun metallurgiyasi" nomli maqolasi chop etildi.
Ishonch gazetasining 2024-yil 30-apreldagi 53-sonida Olmaliqdagi ulkan bunyodkorliklar sarlavhali maqola bilan tanishing.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushsa, yiliga 1 million tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Amalga oshirilayotgan loyiha dunyodagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Bu haqda kombinat masʼullari OAV vakillari va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turda maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Toshkent haqiqati gazetasining 2024-yil 10-aperldagi 21-22 – sonida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga bag‘ishlangan “O‘tmish va kelajak tutashgan manzil” sarlavhali maqola bilan tanishishingiz mumkin.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan dunyodagi eng yirik loyihalardan biri 3-Mis boyitish fabrikasi ishga tushganda yiliga 1 million tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Ushbu konsentratdan mis va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olish, ulardan turli xil qotishma hamda sof metallar ishlab chiqarish uchun Yangi metallurgiya obyektlarini barpo etishni taqozo etadi.