Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023-yilda qancha sof foyda ko‘rgani va 2024-yilda rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi. Bu haqda Milliy matbuot markazida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ravshan Maqsumov, bosh muhandisning texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Saynazarov ishtirokidagi OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z bordi.
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining moliyaviy ko‘magi asosida Namangan viloyati Chodak qishlog‘ida yana bir tikuvchilik fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023-yilning o‘zida 209 turdagi import o‘rnini bosuvchi temir yo‘l transporti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Buyuk Britaniya davlatining konchilik sanoati bo‘yicha delegatsiyasi joriy yilning 15 fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024 yil 10 fevral kungi 30 (1091)-sonida chop etilgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “To‘rtta yirik kompaniya: boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar iqtisodiyotga qanchalik foyda keltiradi?” nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxonalar safiga kiradi.
“Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan “Burg‘ilash toji, burg‘ilash keskichlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini ishga tushirish ishlari jadal davom etmoqda. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2024-yil 6-yanvar 4-sonida “MEGA LOYIHALAR va KENG KO‘LAMLI BUNYoDKORLIK yirik sanoat korxonasi faoliyatida katta ahamiyat kasb etmoqda” sarlavhali maqola chop etildi. Ushbu maqolada 2023 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilgan investisiyaviy loyihalar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, kelgusidagi istiqbolli rejalar bo‘yicha ma'lumot berilgan.
Kombinat tomonidan belgilangan eksport prognozi muddatidan avval bajarildi.
Mis eritish zavodining bejizga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yuragi deyishmaydi. Aynan Mis eritish zavodida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” deb ataluvchi, o‘z safida 35 mingdan ziyod ishchi-xodimlarni birlashtirgan korxonaning mashaqqatli mehnatlari mahsuli yuzaga chiqadi.
Yangi O‘zbekiston gazetasining bugungi sonida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning Mis eritish zavodining 60 yilligiga bag‘ishlangan "TARIXI QADIMIY, KELAJAGI YoRQIN" sarlavhali maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
“Mehr-muruvvat kunlari” doirasida hamda 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bugun Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Mehr-oqibat – oliy fazilat” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama muhofaza qilish, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.