Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir ayyom arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat faxriylariga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinadi.
Yangi O'zbekiston gazetasining 2024-yil 2-maydagi 84-sonida Olmaliq KMK AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning kombinatda kukun metallurgiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berilgan "Kukun metallurgiyasi" nomli maqolasi chop etildi.
Ishonch gazetasining 2024-yil 30-apreldagi 53-sonida Olmaliqdagi ulkan bunyodkorliklar sarlavhali maqola bilan tanishing.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushsa, yiliga 1 million tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Amalga oshirilayotgan loyiha dunyodagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Bu haqda kombinat masʼullari OAV vakillari va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turda maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Toshkent haqiqati gazetasining 2024-yil 10-aperldagi 21-22 – sonida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga bag‘ishlangan “O‘tmish va kelajak tutashgan manzil” sarlavhali maqola bilan tanishishingiz mumkin.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan dunyodagi eng yirik loyihalardan biri 3-Mis boyitish fabrikasi ishga tushganda yiliga 1 million tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Ushbu konsentratdan mis va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olish, ulardan turli xil qotishma hamda sof metallar ishlab chiqarish uchun Yangi metallurgiya obyektlarini barpo etishni taqozo etadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023-yilda qancha sof foyda ko‘rgani va 2024-yilda rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi. Bu haqda Milliy matbuot markazida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ravshan Maqsumov, bosh muhandisning texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Saynazarov ishtirokidagi OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z bordi.
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining moliyaviy ko‘magi asosida Namangan viloyati Chodak qishlog‘ida yana bir tikuvchilik fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023-yilning o‘zida 209 turdagi import o‘rnini bosuvchi temir yo‘l transporti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Buyuk Britaniya davlatining konchilik sanoati bo‘yicha delegatsiyasi joriy yilning 15 fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024 yil 10 fevral kungi 30 (1091)-sonida chop etilgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “To‘rtta yirik kompaniya: boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar iqtisodiyotga qanchalik foyda keltiradi?” nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxonalar safiga kiradi.
“Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan “Burg‘ilash toji, burg‘ilash keskichlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini ishga tushirish ishlari jadal davom etmoqda. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.