Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2025-yil yanvar-sentabr oylari yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

07 Oktyabr 2025, 10:7 416

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2025-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –119,9% ga .

Mis katodini ishlab chiqarish 100,4 %, shu jumladan  oʻz xom ashyosidan 100,4 %, metalli rux 100,0 %, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 100,0%, sulfat kislotasi 100,8%, affinajli oltin 100,7% va affinajli kumush 100,0 %ni tashkil etdi.

2025-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha 377,8 mln.doll. (102,4%) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2025-yil 31 yanvardagi 53-son qaroriga muvofiq Investitsiya dasturi tasdiqlangan boʻlib, “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 9 ta yirik loyiha doirasida 869,2 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:

2025-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha  650,7 mln. dollar miqdorida (rejaga nisbatan 100,4 foiz)  investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

- korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 163,1 doll.

- toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar 487,6 doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 13 noyabrdagi 753/15-sonli “Togʻ kon metallurgiya sanoati korxonalari ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulot turlarini oʻzlashtirish  hamda ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisi”da qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2025-yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1283,9 mlrd. soʻmlik 105 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2025-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha 104 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 973,7 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 102,4 foizni tashkil etdi.

2025-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1 690,2 mlrd. soʻmga yoki 10,3 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2025-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 927,7 mlrd. soʻmni yoki 8,4 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 901,7 mlrd. soʻm yoki 8,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2025-yil 1 oktyabr oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 12712,3 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 7153,6 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.              

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 5908 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 896 nafar,  qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 1284 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 2136 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari  814 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 19 nafarni tashkil etmoqda, bular kunduzgi boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 1494 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 820 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 473 nafar va ma’lumotsiz 201 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan tahliliy hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2025-yil yanvar-sentyabr yakunlari boʻyicha jami 3752 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 84 ta – ( 5 ta farmon, 13 ta qaror, 2  ta farmoyish, 1 ta bayon, 63 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 414 ta, (27 ta qaror, 12 ta farmoyish, 70 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 193 ta, kotibiyat topshiriqlari –112 ta kirim qilingan.

Bo`lishmoq:
Text to speech