• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil I chorak yakunlari boʻyicha tahliliy ma'lumotnomasi

08 Aprel 2024, 16:35 814

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2024 yil I chorak yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda -118,8 foizga.

Mis katodini ishlab chiqarish  100,0 %, shu jumladan 100 % oʻz xom ashyosidan,  metalli rux 63,9 %, shu jumladan 125,9%  oʻz xom ashyosidan, 162,9 ming tonna 95,3% sulfat kislotasi, 100,6 % affinajli oltin va 101,2 % affinajli kumushni tashkil etdi.

2024 yil I chorak yakuni boʻyicha 129,8 mln.doll. (106,9 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-92-son qaroriga muvofiq 2024 yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 2207,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.

2024 yil I chorak yakuni boʻyicha 379,1 mln. dollar (101,0%) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 48,0 mln. doll.

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 331,1 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori 2022 yil
24 anvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022 yil 31 yanvardagi 94-sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1502,3 mlrd. soʻmlik 268 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2024 yil I chorak yakuni boʻyicha 240 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 406,4 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 109,4 foizni tashkil etdi.

2024 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1329,5 mlrd. soʻmga yoki 10,03 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2024 yil I chorak yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 179,7 mlrd. soʻmni yoki 6,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2024 yil 1 aprel oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 7472,3 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 1804,6 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.            

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 1944 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 357 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 634 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 527 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 119 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 189 tani tashkil etmoqda, bundan 11 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 178 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 326 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 197 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 96 nafar va ma’lumotsiz 33 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024 yil I chorak yakuni boʻyicha jami 187 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 36 ta – (1 ta farmon, 5 ta qaror, 3 ta bayon, 27 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 150 ta, (5 qaror, 3 ta farmoyish, 23 ta bayon) Bosh vazir, uning o’rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 79 ta, kotibiyat topshiriqlari – 40 ta).

Bo`lishmoq:
Text to speech