• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2021 yil I chorak yakunlari boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma

04 Mart 2021, 16:23 2198

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2021 yil I chorak yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

  • amaldagi narxlarda –112,7 %;
  • qiyosiy narxlarda –101,1 % ga.

2020 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti oʻsish surʻati 98,5 % ni tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 101,4 %, shu jumladan 100,5 % oʻz xom ashyosidan, metalli rux 103,2%, shu jumladan 104,1 % oʻz xom ashyosidan, sulfat kislotasi 105,9 %, affinajli oltin 102,4% va affinajli kumush100,2 %, portlandsement 80,6 % ga bajarildi.

2021 yil I chorak  yakuni boʻyicha 230,9 mln.doll. (162,5 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi PQ-4563 sonli “O’zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo’ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq 2021 yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 5039,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni  moʻljallagan, shu jumladan oʻzlashtirish prognozi:

  • korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 1724,0 mln.doll.;
  • tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlaridan– 336,4 mln.doll.;
  • tijorat banklarining kreditlaridan – 62,7 mln. doll;
  • to’gʻidan-toʻgʻri xorijiy kreditlardan – 2916,5 mln. doll.

2021 yil I chorak  yakuni boʻyicha 84,1 mln. dollar (103,6 %) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

  • korxonaning oʻz mablagʻlari xisobidan – 71,1 mln.doll.;
  • toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar xisobidan – 13,1 mln.doll. oʻzlashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2021 yilda 161,4 mlrd. soʻmlik 87 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2021 yil I chorak  yakuni boʻyicha 56 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi  43,1 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 134,7 foizni tashkil etdi.

2021 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 240,9 mlrd. soʻmga yoki 1,8 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2021 yil I chorak yakuni boʻicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 185,3 mlrd. soʻmni yoki 6,2 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 54,2 mlrd. soʻm yoki 1,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini taʻminlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2021 yil 1 aprel xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 979,3 mlrd. soʻmni, shu jumladan muddati oʻtgan qarzlari 147,6 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 2681,6 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.                                             

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 1719 nafar, shu jumladan, ishlab  chiqarishdan tashqari xolda 203 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 400 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 415 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 55 nafar kishi oʻqitildi. 

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy maʻlumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 432 tani tashkil etmoqda, bundan 90 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 342 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida taʻlim olmoqda. Shu jumladan OTMlar boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasida:

  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida (TDTU OF) – 279 ta;
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida (TDTU) – 18 ta;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) – 19 ta;
  • Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) – 2 ta;
  • Toshkent davlat transport universitetida – 8 ta;
  • Toshkent kimyo texnologiya institutida (TKTI) – 1 ta;
  • Toshkent arxitektura va qurilish institutida (TAQI) – 5 ta;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida (OʻzMU) – 
    6 ta;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialida (OʻzMU JF) – 2 ta;
  • MTTU “MISiS” Olmaliq filialida – 11

Rossiya Federatsiyasida:

  • Milliy texnologik tadqiqot universiteti “MISiS”da – 81 ta

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida – 1 nafar talaba taxsil oladi.

Oliy oʻquv yurtlarida mutaxassis tayyorlash boʻyicha xarajatlar mart oyi boʻyicha 260,2 mln. soʻmni tashkil etdi.

2021 yil mart xolatiga koʻra 326 nafar qisqa muddatli kurslari tinglovchilari 11 ta yoʻnalish boʻyicha oʻquv nazariy mashgʻulotlarni yakunladi. “Olmaliq KMK”AJ Oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kolleji va Olmaliq shaxar kasb-xunar maktabi xodimlari bilan xamkorlikda 184 nafar qisqa muddatli oʻquv kurslar tinglovchilari uchun 12 martdan 18 mart sanasigacha kombinatning Oʻquv markazida komissiya a’zolari ishtirokida nazariy imtixonlar tashkil etildi.

Jami 272 nafar  ishchi kasblarga  qayta tayorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tinglovchilari “Olmaliq KMK”AJ tarkibiy boʻlinmalarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashmoqda. Shu bilan birga qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqish istagini bildirgan 610 nafar fuqarolar roʻyxatini elektron bazasi yaratildi.

Hisobot davrida jami 331  nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 
199 nafari, oliy taʻlim bitiruvchilari 88 nafar va ma’lumotsiz 44 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida  yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021 yil I  choragida jami 219 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 44 ta – (2 ta Farmon, 7 ta qaror, 1 ta farmoyish, 4 ta bayon, 30 ta topshiriq);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 175 ta (20 ta qaror, 5 ta farmoyish, 25 ta bayon, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 85 ta, kotibiyat topshiriqlari – 40 ta);
  • Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojaatlarni sinchiklab koʻrib chiqib aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Boʻlimda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

Hisobot davriga 1201 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 870 tasi koʻrib chiqilgan, 331 tasi jarayonda, koʻrib chiqilmoqda. Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta’minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojatlardan iborat.

Yuklab olish (PDF, 237Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech