• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2019 yil yakunlari boʻyicha tahliliy ma'lumotnomasi

06 Yanvar 2020, 15:11 1971

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmurodovich

"Olmaliq KMK" AJ jamoasi 2019 yil davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirib, tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni quyidagicha ta'minladi:

  • joriy narxlarda 108,5% ga;
  • solishtirma narxlarda 108,4% ga.

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2018 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 126,8 % tashkil etdi.

Mis rudasi qazib chiqarish belgilangan topshiriqqa ko’ra 100,1%, mis katodini ishlab chiqarish 111,6 %, shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 103,4%, rux metalli 107,4%, shuningdek o`z xom ashyosi hisobidan 100,8%, sul'fat kislotasi 101,2 %, affinajlangan oltin 103,3 %, affinajlangan kumush 128,4 %, portlandsement 102,1 % ga bajarildi.

2019 yilda eksport qilingan mahsulotlar 100,1% ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan istiqbol bo’yicha 1 532,2 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan “Uch-Quloch konini o’zlashtirish” loyixasi (8,4 mlrd. so’m) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2018 yildagi PQ-4077-sonli qaroriga muofiq to’xtatib qo’yildi va 2019 yil kapital qo’yilmasining umumiy qiymati 1 523,9 mlrd. so’mni tashkil etdi.

shu jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 747,0 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 736,2 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 40,7 mlrd. so’m.

2019 yil davomida amalda 1722,9 mlrd. so’m (113 %) investitsiya o’zlashtirildi, jumladan:

  • O’z mablag’lari hisobiga – 901,7 mlrd. so’m;
  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 745,2 mlrd. so’m;
  • Tijorat banklarining kreditlari – 76,0 mlrd. so’m.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 101,3 mld so`mlik 70 ta loyihani amalga oshirmoqda.

2019 yil davomida qiymati 131,4 mlrd. so`mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 129,8% ga erishildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida"gi PQ-2298-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli parametrlarini bajarish ko'zda tutilgan va 2019 yil uchun tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish 29,6 mln. dollarga amalga oshirish mo’ljallangan.

2019 yil uchun 30,5 mln. dollar yoki istiqbolga nisbatan 103,3%ga bajarilgan.

2019 yilda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha ishlab chiqarish tannarxini 154,2 mlrd. so'mga yoki 3,1% ga kamaytirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

2019 yil ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha kompleks chora – tadbirlar bajarilishi natijasi kutilgan natijaga nisbatan 460,4 mlrd. so'm yoki 11,3% ni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini - 661,1 mlrd. so'mga yoki 16,3% ni tashkil etdi. Vazifa 3,6 baravarga bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2019 yilda qiymati 14 911,6 ming dollarlik 222 ta texnologik jihozlarni almashtirish va moderinizatsiya qilish ko`zda tutilgan.

2019 yil davomida qiymati 13 322,0 ming dollarlik 192 ta texnologik jihozlar almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.01.2020 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik 841,1 mlrd.so'mni, shu jumladan 103,9 mlrd.so'mlik muddati o'tgan qarzdorlik, 960.1 mlrd.so'mlik kreditorlik qarzdorlikni tashkil etadi.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.

2019 yil uchun "Olmaliq KMK" AJda yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, 2019 yil davomida ularni bajarish hisobiga kutilayotgan ko`rsatkichlar quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 55,3 kVt/s; 
  • yoqilg’i – 22,2 m³;
  • issiqlik energiyasi manbaalarini 35,2 mlrd. so`mga iqtisod qilindi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 5759 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 2253 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 1789 kishi, shu jumladan 465 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.

2019 yilda kombinatning tarkibiy bo'linmalarida kasb-hunar kollejlarining 2497 nafar o'quvchisi amaliyot o'tashdi.

Amaliyot rahbarlari, ya’ni ishlab chiqarish ustalariga mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha seminarlar o’tildi. Kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish ta’limi usatalarining bilimlari sinovdan o’tkazildi. Amaliyotga keluvchi kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga mehnat muxofazasi bo’yicha seminarlar tashkil etildi.

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun kombinat tarkibiy korxonalariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda kombinat tarkibiy bo’limlarida biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 2722 nafar o’quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o’tamoqdalar.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taqsimlanishi tasdiqlandi va 580 nafar Olmaliq konchilik va kon-metallurgiya kollejlari, 25 nafar Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji, 27 nafar Denov tog’-kon sanoat kasb-hunar kolleji, 28 nafar Angren kimyo-texnologiyalari kolleji bitiruvchilariga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi.

Shu kunga qadar 356 nafar Olmaliq konchilik va kon-metallurgiya kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishga joylashtirildilar.

2019-2020 o'quv yilida kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqildi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarga 2030 yilgacha bo'lgan ehtiyoj aniqlandi. Kombinat bosh mutaxassislari ishtirokida kasb-hunar kollejlari o’quvchilari bilan uchrashuvlar (seminarlar) grafigi ishlab chiqildi.

“Olmaliq KMK” AJ o’nlab O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy o’quv yurtlari bilan to’lov-shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qiladi, shu jumladan:

  • Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali - 298 kishi;
  • “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali – 9 kishi;
  • Navoiy davlat konchilik instituti – 20 kishi;
  • Toshkent davlat texnika universiteti – 7 kishi;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 2 kishi;
  • Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti  2 kishi;
  • Toshkent kimyo texnologiyalari instituti – 1 kishi;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 1 kishi;
  • O’zbekiston Milliy universiteti – 1 kishi;

Rossiya Federatsiyasida:

  • “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti – 112 kishi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga sirtqi va kechki bo'limlariga kamida 5 yillik ish stajiga ega xodimlar qabul qilinadi. Tavsiya xatlari kombinatning 114 nafar xodimlariga berildi.

Hisobot davrida 1409 nafar kasb-hunar kollejlari va 396 nafar Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da qiymati 69,3 mlrd so’mlik 37 ta tadbir ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2019 yil davomida 13,8 mlrd. so’mlik tadbirlar amalga oshirildi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshirig’lari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ijro intizomini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish xizmati (26 aprel 2017 yildagi 322-sonli buyruq) tashkil qilindi va ijro intizomi holatining tanqidiy tahlili va tizimi tartibi o’rnatildi.

Butun davr davomida o’rnatilgan muddatda hujjatlarni bajarilishi nazoratini ta’minlash va hisobot tizimini tadbiq etishni tashkillashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunlari va aktlari, Hukumat qarorlarini joylarda   bajarilish holatini o’rganish ishlari olib borildi. Kombinatning ish rejasiga muvofiq tahliliy ma'lumotnomalar bilan rasmiylashtirilgan bayonnomalar tuziladi.

Qarorlar ijrosini bajarilishini tanqidiy tahlili, kelib chiqgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2019 yilda “Olmaliq KMK” AJ da jami rasmiylashtirilgan aktlar 899 ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig topshirig’i - 223 ta (15 ta Farmon, 28 ta Qaror, 2 ta Farmoyish, 25 ta bayonot topshirig`i), 153 ta Prezident Administratsiyasi topshirig`i, 676 ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va aktlari (54 ta Qaror, 26 ta Farmoyish, 67 ta bayonot, 303 ta Bosh vazir va uning o’rinbosar, maslaxatchilarining topshiriqlari, 226 ta Vazirlar Mahkamasining kotibiyati topshiriqlari) hisoblanadi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojaatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil etilgan.

2019 yilning 12 oyida 5162 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha 843 ta ariza bo'yicha choralar ko'rildi, 79 ta qonun hujjatlari talablariga muvofiq ko'rib chiqilmagan, 4102 ta murojaatlar bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 21 ta ariza rad etildi, 82 ta murojaat hozirgi kunda ko'rib chiqilmoqda.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal xizmatlar masalalari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa bo’limlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

YUKLAB OLISH (pdf, 238 Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech