• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning 2020 yil yakunlari bo`yicha tahliliy ma`lumotnoma

05 Yanvar 2021, 15:19 2324

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo`nalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2020 yilda quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ko`rsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –123,8 %;

- qiyosiy narxlarda –101,8 %.

2019 yilning mos davriga solishtirma narxlarda tovar mahsuloti o`sish sur`ati 103,8 % ni tashkil etdi.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,3%, shu jumladan 107,6% o`z xom ashyosidan, metalli rux 79,0%, shu jumladan 101,1% o`z xom ashyosidan, sulfat kislotasi 101,4%, affinajli oltin 103,2% va affinajli kumush 123,4%, portlandsement 84,3 %, molibden (VI) oksidi 114,4%, volfram (VI) oksidi 87,6% ni tashkil etdi.

2020 yil davomida 101,4% miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi PQ-4563 sonli “O`zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo`ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga muvofiq 2020 yilga “Olmaliq KMK” AJ  ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 249,4 mln. dollarlik investitsiya o`zlashtirilishni  mo`ljallagan, shu jumladan:

  • o`z mablag`lari hisobidan – 232,0 mln.doll.;
  • TTJ mablag`idan– 16,0 mln.doll.;
  • tijorat banklarining kreditlaridan – 1,4 mln.

2020 yil davomida 289,6 mln. dollar (116,1 %) miqdorida investitsiyalar o`zlashtirildi, shu jumladan:

  • o`z mablag`lari hisobidan – 269,4 mln.doll.;
  • TTJ mablag`idan – 16,6 mln.doll.;
  • tijorat banklarining kreditlaridan – 3,6 mln. o`zlashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli “2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to`g`risida” gi qaroriga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ 2020 yilda 120,0 mlrd. so`mlik 49 ta loyihani amalga oshirishi ko`zda tutilgan.

2020 yil davomida 72 ta loyiha bo`yicha mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko`rsatkichi 157,1 mlrd. so`mni yoki prognozga nisbatan 119,1 foizni tashkil etdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma`naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi qaroriga asosan 2020 yilda 13 824,0 ming dollar miqdorida 189 dona texnologik uskunalarni almashtirish va modernizatsiya qilish mo`ljallangan.

2020 yil davomida 5381,0 ming dollarlik 171 ta uskuna almashtirildi va modernizatsiya qilindi.

2020 yilga mo`ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo`yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo`lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 338,9 mlrd. so`mga yoki 3,2 foizga qisqartirish ko`zda tutilgan.

2020 yil davomida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirishdan kutilayotgan natija 915,7 mlrd. so`mni yoki 8,6 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 912,4 mlrd. so`m yoki 8,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik to`lovlarini kamayishini ta`minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2021 yil 1 yanvar xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 1655,3 mlrd. so`mni, shu jumladan muddati o`tgan qarzlari 96,7 mlrd. so`mni, kreditorlik qarzlari 2292,4 mlrd. so`mni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.                                  

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 6282 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni o`zlashtirish bo`yicha 2216 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo`yicha 1927 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 347 nafar kishi o`qitildi.

“Olmaliq KMK” AJ O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidagi 10 ta Oliy o`quv yurti bilan mutaxassislarni to`lov-shartnoma asosida o`qitish bo`yicha hamkorlik qilib kelmoqda, talabalarning umumiy soni 352 nafarni tashkil etdi, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida:

  • Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali – 248 nafar;
  • MTTU PQMI Olmaliq filiali – 9 nafar;
  • Navoiy davlat konchilik instituti – 20 nafar;
  • Toshkent davlat texnika universiteti – 6 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 2 nafar.;
  • Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish instituti – 2 nafar;
  • Toshkent kimyo texnologiya instituti – 1 nafar;
  • Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti – 1 nafar;
  • O`zbekiston milliy universiteti – 1 nafar;
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi biznes va boshqaruv oliy maktabida –1 nafar.

Rossiya Federatsiyasida:

  • Milliy tadqiqot texnologik universiteti “PQMI” - 81 nafar.

2020 yilda 102 kishi Oliy o`quv yurtlarni va Akademiyalarni kombinat hisobidan tamomladilar, jumladan:

  • MTTU “PQMI” – 39 nafar;
  • TashDTU OF – 43 nafar;
  • NavDKI – 20 nafar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini – 2 kishi;

O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini – 2 kishi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi yuqori biznes maktabida – 1 kishi o`qishni tamomladi.

Kasb-hunar kollejlarining 662 nafar o`quvchisi kombinatning tarkibiy bo`linmalarida malakaviy amaliyot ishlarini yakunladilar.

Kombinatning tarkibiy bo`linmalarida 47 kishi fan mutaxassisliklari bo`yicha sanoat ta`lim ustalarini va o`qituvchilarini tayyorladi. Amaliyotga chiquvchilar uchun mehnat muhofazasi to`g`risida o`quv seminarlari tashkil etildi. Kombinat bo`linmalariga kollej o`quvchilarini ekskursiyalari tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5812-sonli 2019 yil 6 sentyabrdagi farmoniga asosan Olmaliq tog` metallurgiya kolledji kombinat tasarufiga o`tkazildi. Kollejni moliyalashtirish ishlari «Olmaliq KMK» AJ tomonidan olib boriladi.

2020-2021 o`quv yili uchun Olmaliq kon-metallurgiya kollejiga sinov imtihonlar testlar asosida 335 ta abiturient qabul qilindi.

Hisobot davrida jami 2297 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 
1462 nafari, oliy ta`lim bitiruvchilari 394 nafar va ma`lumotsiz 441 nafar kishi ish bilan ta`minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini o`z vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida (2017 yil 26 apreldagi 322-son buyrug`i) yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etildi va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o`rganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2020 yilda “Olmaliq KMK” AJ bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari jami – 760 ta (farmonlari – 5ta, qarorlari – 20ta, farmoyishi – 1ta, bayonnomalari – 12ta, Prezident Administratsiyasining topshiriqlari – 99ta), O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari – 623ta (qarorlari – 60ta, farmoyishlari – 13ta, bayonnomalari – 82ta, bosh vazirning va vazir o`rinbosarlari topshiriqlari – 253 ta, Kotibiyat topshiriqlari – 215ta) ro`yxatga olingan.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, tushgan murojatlarni sinchiklab ko`rib chiqib aniq qaror qabul qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlarni nazorat qilish va ishlash xizmati joriy qilingan. Bo`limda har kunlik doimiy qabul tashkil etilgan.

2020 yil  xolatiga 2752 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 2676ta  ko`rib chiqilgan, 66ta jarayonda, 21ta qonun asosida rad etilgan.

Kelib tushgan arizalar mazmuni – moddiy yordam, ishga joylashish va tiklanish, davolanish, mehnat munozaralari, oylik maosh, xizmat uy-joylari bilan ta`minlanish, texnik xizmatlar, yer kadastri, transport muammolari va hakozo murojaatlardan iborat.

YUKLAB OLISH (pdf, 232 Kb)

Bo`lishmoq:
Text to speech