• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2024yil yanvar-iyun oylari yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnomasi

05 Iyul 2024, 18:15 699

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2024-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda –116,1%.

Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 foizga, shu jumladan 106,6 foizga oʻz xom ashyosidan, metalli rux 60,2 foizga, shu jumladan 125,3 foizga oʻz xom ashyosidan,  93,1 foizga  sulfat kislotasi, affinajli oltin 100,3 foizga va affinajli kumush 100,7 foizga bajarildi.

2024-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha 283,4 mln.doll. (106,7 %) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-92-son qaroriga muvofiq 2024-yilga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish va xom ashyoni qayta ishlash uchun 2207,6 mln. dollarlik investitsiya oʻzlashtirilishni moʻljallangan.

2024-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha 854,8 mln. dollar (100,9%) miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 88,9 mln. doll.;

tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari – 36,0 mln. doll.;

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 729,8 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining qarori 2022-yil 24 anvardagi 99-sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining 2022-yil 31 yanvardagi 94 sonli buyrugʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2024-yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1502,3 mlrd. soʻmlik 268 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2024-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha 255 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 837,5 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 103,1 foizni tashkil etdi.

2024-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1329,5 mlrd. soʻmga yoki 10,03 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2024-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 508,2 mlrd. soʻmni yoki 8,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2024-yil 1 iyul oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 7272,7 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 2918,1 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.              

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 4419 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 1050 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 1401 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 1278 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 244 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 189 tani tashkil etmoqda, bundan 11 ta talaba OTMlarning kunduzgi va 178 ta talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 956 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari
439 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 274 nafar va ma’lumotsiz 243 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024-yil yanvar-iyun yakunlari boʻyicha jami 381 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 64 ta – (1 ta farmon, 11 ta qaror, 5 ta bayon, 62 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 301 ta, (15 qaror, 7 ta farmoyish, 50 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 153 ta, kotibiyat topshiriqlari – 76 ta).

Bo`lishmoq:
Text to speech