"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2025 yil yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 %, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 104,9 %, metalli rux 104,2 %, shu jumladan oʻz xom ashyosidan 100,4%, sulfat kislotasi 100,8%, affinajli oltin 100,4% va affinajli kumush 100,0 %ni tashkil etdi.
2025 yil yakunlari boʻyicha 104,0 % mahsulotlar eksportga sotildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2025 yil 31 yanvardagi 53-son qaroriga muvofiq Investitsiya dasturi tasdiqlangan boʻlib, “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 9 ta yirik loyiha doirasida 869,2 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:
2025 yil yakunlari boʻyicha 776,5 mln. dollar miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, shu jumladan:
- korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 176,2 mln. doll.
- toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar 600,3 mln. doll.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 753/15-sonli “Togʻ kon metallurgiya sanoati korxonalari ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulot turlarini oʻzlashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisi”da qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2025 yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1283,9 mlrd. soʻmlik 105 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2025 yil yakunlari boʻyicha 105 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 1314,3 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 102,4 foizni tashkil etdi.
2025 yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 1 690,2 mlrd. soʻmga yoki 10,3 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.
2025 yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija
1 905,7 mlrd. soʻmni yoki 11,8 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi
1 880,4 mlrd. soʻm yoki 11,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2025 yil 1 yanvar oyi holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 3126,3 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 4067,0 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 7520 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 1090 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 1724 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 2886 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 1167 nafar kishi oʻqitildi.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 32 nafarni tashkil etmoqda, bular kunduzgi boʻlimlarida ta’lim olmoqda.
Hisobot davrida jami 1938 nafar, jumladan kollej bitiruvchilari 1036 nafari, oliy ta’lim bitiruvchilari 581 nafar va ma’lumotsiz 321 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.
Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.
Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.
Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2025 yil yakunlari boʻyicha jami 5259 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 140 ta – ( 10 ta farmon, 19 ta qaror, 2 ta farmoyish, 6 ta baen, 103 ta topshiriq);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 590 ta, (35 ta qaror, 13 ta farmoyish, 100 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 274 ta, kotibiyat topshiriqlari –168 ta kirim qilingan.