"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2026-yil yanvar-iyun oyilari yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:
- amaldagi narxlarda 133,3 foizga bajarildi.
Mis katodini ishlab chiqarish 100,0 %, metalli rux 83,4%, sulfat kislotasi 89,3%, affinajli oltin 100,0% va affinajli kumush 100,0 foizni tashkil etdi.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha 493,4 mln.doll. (148,6 % prognozga nisbatan) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining 2026 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2026-yil uchun Investitsiya dasturiga “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 7 ta yirik loyiha doirasida 293,6 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha 142,8 mln. dollar miqdorida (101,9 % prognozga nisbatan) investitsiyalar oʻzlashtirildi.
korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 1,7 mln. doll.
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 141,2 mln. doll.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazir oʻrinbosari hukumat komissiyasi topshirigʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2026-yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1511,1 mlrd. soʻmlik 40 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha 35 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 649,8 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 102,1 foizni tashkil etdi.
2026-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 2301,5 mlrd. soʻmga yoki 13,2 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 1148,2 mlrd. soʻmni yoki 14,2 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 836,5 mlrd. soʻm yoki 10,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.
2026-yil 1-iyul oyi xolatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 2652,7 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 2828,8 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.
Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 3533 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 822 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 919 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 1772 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 912 nafar kishi oʻqitildi.
“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.
Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 31 nafarni tashkil etmoqda, bular kunduzgi boʻlimlarida ta’lim olmoqda.
Hisobot davrida jami 1004 nafar, jumladan oliy ta’lim bitiruvchilari 361 nafar, kollej bitiruvchilari 560 nafar va ma’lumotsiz 183 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.
Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.
Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.
Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2026-yil yanvar-iyun oylari yakunlari boʻyicha jami 2191 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 87 ta – ( 3 ta farmon, 4 ta qaror, 1 ta farmoyish, 6 ta bayon, 73 ta topshiriq);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 254 ta, (25 ta qaror, 3 ta farmoyish, 48 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 95 ta, kotibiyat topshiriqlari – 83 ta kirim qilingan.