Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Olmaliq KMK” AJning 2026-yil I chorak yakuni boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma

10 Aprel 2026, 0:0 38

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi – Xursanov Abdulla Xalmuradovich.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini bajarish davomida “Olmaliq KMK” AJ jamoasi 2026-yil I chorak yakunlari boʻyicha quyidagi tovar mahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi:

- amaldagi narxlarda 137,5 foizga erishildi.

Mis katodini ishlab chiqarish  100,0 %,  metalli rux 100,0%,  sulfat kislotasi 100,0%, affinajli oltin 105,1% va affinajli kumush 100,0 %ni tashkil etdi.

2026-yil yanvar-mart oylari yakunlari boʻyicha 223,2 mln.doll. (209,2 % prognozga nisbatan) miqdorida mahsulotlar eksportga sotildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2026-yil uchun Investitsiya dasturiga “Olmaliq KMK” AJ boʻyicha 7 ta yirik loyiha doirasida 293,6 mln dollar mablagʻlarini oʻzlashtirilishi belgilangan, jumladan:

2026-yil yanvar-mart oylari yakunlari boʻyicha  73,7 mln. dollar miqdorida (102,9% prognozga nisbatan) investitsiyalar oʻzlashtirildi.

korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan – 0,9 mln. doll.

toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy kreditlar – 72,8 mln. doll.

Oʻzbekiston Respublikasi  Bosh Vazir oʻrinbosari Hukumat komissiyasi topshirigʻiga asosan “Olmaliq KMK” AJ 2026-yilda mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 1329,7 mlrd. soʻmlik 37 ta loyihani amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

2026-yil I chorak yakunlari boʻyicha 34 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar koʻrsatkichi 330,8 mlrd. soʻmni yoki prognozga nisbatan 102,9 foizni tashkil etdi.

2026-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 2301,5 mlrd. soʻmga yoki 13,2 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

2026-yil I chorak yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 553,3  mlrd. soʻmni yoki 14,8 foizni, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 403,4 mlrd. soʻm yoki 10,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kombinatda boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik toʻlovlarini kamayishini ta’minlash tadbirlari amalga oshirilib kelinadi.

2026-yil 1 aprel oyi holatiga kombinatning kutilayotgan debitorlik qarzlari 4167,6 mlrd. soʻmni, kreditorlik qarzlari 6862,5 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Byudjetga yoki ish haqiga nisbatan qarzdorlik mavjud emas.

Ishchi-hodimlarni texnik tayyorlash dasturiga muvofiq kadrlarning malakasini oshirish uchun 1628 nafar, qayta tayyorlash va ikkinchi mutaxassislikni oʻzlashtirish boʻyicha 621 nafar, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha 685 nafar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan tashqari 282 nafar kishi oʻqitildi.

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi.

Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 31 nafarni tashkil etmoqda, bular kunduzgi boʻlimlarida ta’lim olmoqda.

Hisobot davrida jami 448 nafar, jumladan oliy ta’lim bitiruvchilari 137 nafar, kollej bitiruvchilari 242 nafar va ma’lumotsiz 67 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarish, ijro intizomini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatida yuqori tashkilot topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish xizmati tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish tartibi belgilandi.

Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini oʻrganish ishlari amalga oshirish mobaynida hisobot tizimini joriy etish va belgilangan muddatlarda hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kombinatning ish rejasiga asosan analitik hisobotlar tayyorlanib bayonnomalar tuzib borilmoqda.

Qarorlari ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2026 yil I chorak yakunlari boʻyicha jami 1821 ta hujjat kirim qilingan, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari 43ta – ( 3 ta farmon, 1 ta qaror, 1  ta farmoyish, 1 ta baen, 37 ta topshiriq);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari 139 ta, (7 ta qaror, 1 ta farmoyish, 32 ta bayon) Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari – 47 ta, kotibiyat topshiriqlari –52 ta kirim qilingan.

Bo`lishmoq:
Text to speech