BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH DEPARTAMENTI
Departament boshlig'i: Nizomov Mahmud Minovarovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari:
- "Olmaliq KMK" AJ ishlab chiqarish faoliyatini istiqbolini belgilashni amalga oshirish, iqtisodiy masalalar bo'yicha ishlarga rahbarlik qilish;
- Sexlar bo'yicha texnik-iqtisodiy rejalashtirish bo'yicha tahliliy ishlarni tizimli takomillashtirish, uslubiy materiallar ishlab chiqish;
- Chiqarilayotgan mahsulotlarga, ko'rsatilayotgan xizmatlarga shartnomaviy narxlarni, shuningdek kombinat bo'linmalari o'rtasida o'zaro hisob-kitoblar uchun ichki rejali-hisob narxlarini ishlab chiqish;
- Kombinatning ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati va joriy istiqbollari bajarilishini nazorat qilish, ish yakunlarini umumlashtirish, butun "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha texnik-iqtisodiy ko'rsatgichlarni tuzish;
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini tahlil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish zahiralarini qidirish, shuningdek tannarxni pasaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarishga umumiy rahbarlik qilish;
- "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha statistik va boshqa so'ralayotgan hisobotlarning o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlash.