STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH BO'LIMI
Sifat bo'yicha bosh menejer - bo'lim boshligʻi: Mavlanov Abdushukur Sultanovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Asosiy vazifalari va funksiyalari:
- Kombinat korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish (mavjud boʻlmagan xollarda), ularni oʻz vaqtida qayta koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yangi standartlarni va boshqa normativ, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha metodik va rahbariy hujjatlarini oʻz vaqtida amalga kiritish.
- Kombinat fondida mavjud normativ hujjatlarni oʻz vaqtida aktuallashtirish.
- Kombinata ishlab chiqarilayotgan sertifikatlashtirish majburiy boʻlgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.
- Sifat menedjmenti tizimi samaradorligini doimiy oshirish, jarayon va protsedura hujjatlarini ishchi xolatda boʻlishi ta’minlash.
- Kombinat korxonalarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi boʻyicha tashkiliy-metodik ishlarni olib borish va amaliy yordam koʻrsatish.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga shtrix kodi olish ishlarini amalga oshirish.