Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

ICHKI AUDIT XIZMATI

Xizmat boshlig'i: Kim Pavel Leonidovich 

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

Asosiy vazifalari:

  • Audit boʻyicha qoʻmita va Jamiyatning Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash, ichki audit natijalari asosida Jamiyat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Jamiyat boshqaruv organlariga ichki audit jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tezkor tavsiyalar kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;
  • Kuzatuv kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan rejaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha tegishli tekshiruvlar oʻtkazish orqali ichki auditni (har chorakda va hisobot yili yakunlari boʻyicha) amalga oshirish;
  • tuzilayotgan xoʻjalik shartnomalarini qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
  • Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishda Jamiyatning tarkibiy boʻlinmalariga uslubiy yordam koʻrsatish, ularga moliya, soliq, bank va boshqa qonun hujjatlari masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
  • Jamiyatning Kuzatuv kengashiga texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda koʻmaklashish, shuningdek auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalar tayyorlash va taqdim etish.
Bo`lishmoq:
Text to speech