ISHLAB CHIQARISHNI NAZORATI QILISH BYUROSI
Byuro boshligʻi: Isayev Alisher Rustamovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Byuroning asosiy vazifalari va funksiyalari:
- Kombinatning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash;
- Tegishli xizmatlar tomonidan zarur sinov va koʻriklar, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlar diagnostikasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- Kombinatning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olishga, shuningdek, ehtimol tutilgan avariya va noxush hodisalarning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda ularning oqibatlarini tugatishga shaylikni taʼminlash;
- Kombinatning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi holatini takomillashtirishga hamda avariyalar va noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishi boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ishlarini tashkillashtirish;
- Texnologik intizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.