Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

YURIDIK DEPARTAMENT

Departament direktori: Kasimov Sanjar Kadirovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

Departamentning asosiy vazifalari:

  • shartnomalarning tuzilishi, ijro yetilishi, oʻzgartirilishi va bekor qilinishi belgilangan tartibiga rioya yetilishini, hamda, da’vo-talabnomalarni taqdim yetish va koʻrib chiqish tartibini nazorat qilish;
  • shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha da’vo-talabnoma ishlarini olib borish;
  • shartnomalar ijrosi yuzasidan oʻzaro tekshirishlar oʻtkazilishini nazorat qilish;
  • rahbariyatga imzo qoʻyish uchun taqdim etiladigan shartnomalar loyihalari va u bilan bogʻliq boshqa huquqiy hujjatlar qonun hujjatlarining talablariga muvofiqligini tekshirish;
  • tayyorlangan shartnoma loyihasi yoki u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa huquqiy hujjat qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, e’tirozlarni asoslagan holda uni qayta koʻrib chiqishga qaytarish;
  • shartnoma munosabatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok yetish;
  • shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish;
  • shartnoma loyihalari boʻyicha qonun hujjatlarining talablari va normalariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar tayyorlash;
  • ishonchnomalarni tayyorlash;
  • ichki normativ hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.
  • ichki normativ hujjatlar va kombinatning huquqiy xarakterdagi boshqa hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishish;
  • Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati masalalari boʻyicha moddiy va prosessual huquq tarmoqlari normalariga huquqiy xulosalar tayyorlash;
  • Kombinatning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro munosabatlarida huquqiy qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash;
  • sud va huquqni muhofaza qilish organlarida kombinatning huquqiy manfaatlarni ta’minlash;
  • da’vo-talabnoma ishlarini yuritishni tashkil yetish va yuridik va jismoniy shaxslar bilan nizolarni suddan tashqari tartibda hal yetish;
  • debitor qarzdorlikni undirish ishlarini tashkil yetish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro munosabatlarda kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari manfaatlarini himoya qilish;
  • Kombinat ishtirok etadigan sud va ma’muriy nizolarni monitoring qilish, sud va ma’muriy amaliyotning dolzarb masalalari boʻyicha sharhlarni tayyorlash;
  • yuridik departament faoliyatining haqiqiy koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida va sifatli tahlil qilish va davriy hisobotlarini tayyorlash;
  • Kombinat xodimlari va uning tarkibiy boʻlinmalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish;
  • Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga oid qonunchilikni huquqiy targʻib qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
  • Kombinat va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga ularning murojaatlari boʻyicha kombinat faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar va huquqiy hujjatlarni topishda yordam koʻrsatish, zarur hollarda ularning normalarini tushuntirish.
Bo`lishmoq:
Text to speech