Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Portlatish materiallari zavodi

1997-yil OKMK tarkibida birinchi emulsion portlatish moddalari ishlab chiqarish zavodi barpo etilgan.

2025-yil 25-oktyabr kuni esa OKMKda ikkinchi emulsion portlatish materiallari zavodi foydalanishga topshirildi.

Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlarida tasdiqlangan reja asosida portlatish ishlarini bajarish maqsadida barpo etilgan yangi zavod zamonaviy standartlarga javob beradigan, universal koʻrinishdagi, mahalliy komponentlardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqaradi.

Quvvati yiliga 90 ming tonna emulsion portlovchi moddalarni ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi zavod qurilishida ishlab chiqarish jarayonlarini har bir bosqichida, xalqaro va mahalliy xavfsizlik standartlari qat'iy bajarilishi ta'minlangan.

Yangi barpo etilgan zavod ekologik xavfsiz boʻlib, chiqindilarni nazorat qilish, energiya samaradorligini oshirish va xalqaro ekologik standartlarga javob beradi.

Yana bir muhim jihat zavoddagi ishlab chiqarish jarayonidan hosil boʻlgan texnik suvdan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun tozalash inshooti ham barpo etilgan boʻlib, ushbu inshootda sutkasiga 25 kub suv qayta ishlanib, tozalanadi va yana ishlab chiqarish jarayoniga yuboriladi.

E'tiborlisi, zavodda raqamlashtirish ham keng joriy etilib, bu esa yuqori xavfsizlikni ta'minlaydi, inson omilisiz ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Har bir bosqich nazorati monitor orqali bajariladi.

Zavod qurilishi kombinatning oʻz kuchlari evaziga bajarildi. Xususan, qurilish ishlari kombinatning “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi hamda pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirildi.

Direktor: Teshaboyev Ulug'bek Erkinovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

Bo`lishmoq:
Text to speech