Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ohak zavodi

Ohak zavodi 1962-yilda foydalanishga topshirilgan. Zavod tarkibiga «Sovuq-Buloq» ohakni qazib olish karyeri, xom ashyoni maydalash va navlarga ajratish boʻlimi, ohak kuydirish sexi, tayyor maxsulotlar ombori kiradi.

Bundan tashqari, yordamchi xoʻjaliklardan transformator stansiyasi, qozonxona, ta'mirlash ustaxonasi, materiallar ombori, oʻtga chidamli materillar ombori mavjud.

Zavod Toshkent viloyati Piskent tumani hududida, Angren daryosini chap qirgʻogʻida, Olmaliq shahridan 2,5 km sharq tomonda, Ohangaron shahri bilan Olmaliq shahrini bogʻlovchi temir yoʻl liniyasidan 0,3 km janub tomonda joylashgan.

2011-yilgacha ohak mahsulotlari gorizontal aylanmali pechda ohaktoshni kuydirish yoʻli bilan tayyorlanib kelingan. 2011-yilda zavodda yangi vertikal shaxtali pech qurib foydalanishga topshirilgan. 

2025-yilning 14-fevral kuni Ohak zavodida quvurli aylanma pechining 2-tarmogʻi foydalanishga topshirildi. Ushbu pech kombinatning oʻz kuchi va mablagʻlari evaziga qurib bitkazilib, uning deyarli barcha detallari mahalliylashtirish dasturi asosida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida tayyorlangan.

Zavodni asosiy faoliyati ohaktosh qazib olish, qayta ishlash va ohak mahsuloti ishlab chiqarishdan iborat.

Ohak mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo - ohaktosh hisoblanadi. Zavodda ishlatiladigan ohaktosh «Sovuq-Buloq» ohakni qazib olish kareridan qazib olinadi. Zavodda ishlab chiqarilgan ohak mahsulotlari asosan «Olmalik KMK» AJ tarkibidagi korxonalarga etkazib beriladi. Ohak zavodi mahsulotlarining asosiy qismi "Olmaliq KMK" AJ korxonalarining texnologik ehtiyojlari uchun: boyitish fabrikalarida rudalarni boyitishda flotoreagent sifatida, shuningdek, rux va mis eritish zavodlarining sulfat kislota sexlarining kislotali oqimlarini neytrallash uchun ishlatiladi.

Boshliq: Kushakov Abdukaxxor Xamdamovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

 

Bo`lishmoq:
Text to speech