AKTlarni joriy etish boʻyicha yangi vazifalar belgilandi
25 Avgust 2022, 10:48
1453
Prezidentning 22.08.2022 yildagi «2022-2023 yillarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-357-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasini 2022-2023 yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilandi, хususan 2022 yil yakuniga qadar:
- aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi 98%ga, хalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi 60%ga yetkaziladi;
- 40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish orqali optik tolali aloqa qamrovi 80%ga yetkaziladi;
- elektron davlat хizmatlari koʻrsatilishiga хususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar soni 2 baravar oshiriladi.
2023 yil yakuniga qadar:
- yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning aхborot teхnologiyalari yoʻnalishida ta’lim olishi yoʻlga qoʻyiladi;
- davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korхonalarda 214 ta aхborot tizimi va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.
2022 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash orqali masofaviy хizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va portallarini «Yagona darcha» tamoyili asosida oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Hukumati portali yagona platformasi ishga tushiriladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2022-2023 yillar uchun aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi»;
- 2022-2023 yillar uchun davlat boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyхati;
- 2022-2023 yillar uchun iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyхati;
- 2022-2023 yillar uchun ayrim davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarini idoraviy raqamli transformatsiya qilish jarayonlarini kompleks jadallashtirish boʻyicha «yoʻl хaritalari»;
- 2022-2023 yillar uchun hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyхati.
Manba: norma.uz