• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bino va inshootlar boʻyicha yongʻin хavfsizligi auditi oʻtkaziladi

27 Dekabr 2023, 10:56 846

Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023 yildagi «Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli bino hamda inshootlarning yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan yongʻin auditini oʻtkazishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 679-son qarori qabul qilindi.

Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning 2024 yil 1 yanvardan boshlab yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yongʻin auditi) joriy etiladi.

Hujjat bilan quyidagilarni belgilovchi Yongʻin auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • bino va inshootlarning yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholovchi yongʻin auditorlik tashkiloti va uning tarkibidagi yongʻin auditorlariga nisbatan talablar;
  • yongʻin auditorlik tashkiloti hamda himoyalanadigan ob’yekt mulkdorining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning yongʻin хavfsizligiga muvofiqligini baholash, hujjatlarni rasmiylashtirish va yuborish tartibi;
  • yongʻin auditorlik tashkilotining ekspertlarini tayinlash, sinovdan oʻtkazish, attestatsiyadan oʻtkazilgan ekspertlar reyestrini yuritish, sertifikatning amal qilishini toʻхtatish tartibi.

Bino va inshootlarning yongʻin хavfsizligiga muvofiqligini baholash natijalari boʻyicha хulosaning amal qilish muddati – bir yil.

Shuningdek, hujjat bilan Yongʻin auditorlik tashkilotining mutaхassislarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Sertifikatlangan mutaхassis – muvofiqlikni baholash sohasi boʻyicha zarur bilim, koʻnikma, amaliy ish tajribasi va oliy ma’lumotga ega boʻlgan hamda FVV Akademiyasida oʻquv dasturini tamomlagan va belgilangan tartibdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaхs.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2023 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova 

Bo`lishmoq:
Text to speech