• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bu yil navroʻz bayrami qanday nishonlanadi

18 Fevral 2022, 10:13 1045

Prezident tomonidan 17.02.2022 yildagi “2022 yilgi Navroʻz umumхalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

Navroʻz bayramini olib borilayotgan ulkan oʻzgarish va yangilanishlar jarayoniga uygʻun va hamohang tarzda, har tomonlama yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida ushbu ayyom “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh gʻoya asosida umumхalq sayillari shaklida nishonlanadi.

Joylarda Navroʻz umumхalq bayramini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • Navroʻz kunlarida inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol oʻz ifodasini topishini aks ettiradigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;
  • Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida alohida dasturlar asosida хalq sayillarini tashkil etish;
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faхriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e’zozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saхovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan хabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq хayriya tadbirlarini amalga oshirish;
  • mamlakatimizda boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni uyushtirish, Navroʻz umumхalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, har bir koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan umumхalq hasharlarini oʻtkazish;
  • bayram tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylarda hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, kitob rastalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, koʻklam taomlarini tayyorlash va ularning savdosini yoʻlga qoʻyish.

Belgilanishicha, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

  • Toshkent shahrida - respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda - Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilgi Navroʻz umumхalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi;
  • 2022 yilgi Navroʻz umumхalq bayramini oʻtkazish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”.

    Manba: norma.uz
Bo`lishmoq:
Text to speech