"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Maqsad — davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.
O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi amalga oshiriladi. Bu 28-noyabr kuni prezident imzolagan “Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan.
Qaror “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlarini maqbullashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga ortiqcha majburiyatlar yuklatilishining oldini olish, davlat tashkilotlari, aholi va biznes o‘rtasida raqamli muloqotni to‘laqonli yo‘lga qo‘yish va bu boradagi islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida” qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi ishga tushiriladi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu borada amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash agentlik operatori va mulkdori hisoblanadigan Zero Bureaucracy raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.
Dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda aniq natijalarga erishish uchun davlat tashkilotlarining birinchi rahbarlari shaxsan mas’ul.
Agentlik bir oy muddatda: