Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Prezidentning 27.11.2023 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi.
Ushbu jinoyatlar koʻrsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritib boradi.
Hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024 yillarga moʻljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.
2023 yil 1 dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar roʻyхati quyidagi ma’lumotlar bilan toʻldiriladi:
Quyidagilar Internet orqali jonli efirga uzatiladi:
– umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
– chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.
Shuningdek, Agentlikka «Qayta aloqaning sirli mijozi» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish vazifasi yuklatildi. Ular davlat organlari va tashkilotlaridagi sall-markaz ishonch telefonlarining hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Lola Abduazimova.
norma.uz