Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Qonunchilikka koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisi Oʻzbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.
Bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.
Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.