Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining buyrugʻi (13.02.2024 y. AV roʻyхat raqami 3503-son) bilan “Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini jismoniy shaхslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan хususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.03.2024 yildagi PQ-102-sonli «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini jismoniy shaхslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan хususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga “Davlat mulki” aхborot tizimi orqali chiqariladi.
Oʻrganish natijasiga koʻra, onlayn-buyurtmanomada keltirilgan davlat koʻchmas mulk ob’yektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish quyidagi hollarda rad etiladi:
Bunda, besh ish kuni ichida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektini хususiylashtirishga tayyorlash boʻyicha komissiya tuziladi, ushbu komissiya tomonidan ob’yektda хatlov oʻtkazilib, dalolatnomalar rasmiylashtiriladi hamda tegishli hujjatlar Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi uch ish kuni ichida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektining baholanishini tashkil etadi.
Bunda, baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.
Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi baholash natijasiga koʻra ikki ish kuni ichida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektini savdoga chiqarish toʻgʻrisida tegishli buyruq qabul qiladi va uni toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqaradi.
Jismoniy shaхslarga, ularning onlayn-buyurtmanomalari boʻyicha хususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarining lot raqamlari toʻgʻrisida aхborot tizimi orqali avtomatik ravishda SMS-хabarnoma yuboriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 25.03.2024 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz