• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Davlat korхonalari kuzatuv kengashlarini vakolatlari belgilanmoqda

02 Noyabr 2022, 16:17 1173

Vazirlar Mahkamasining 26.10.2022 yildagi “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 619-son qarori qabul qilindi

Hujjatga koʻra huqumat qarorlari davlat korхonasini boshqarish hamda davlat korхonasi kuzatuv kengashlari huquq va majburiyatlarini belgilashga oid normalar bilan toʻldirilmoqda.

Ma’lumot uchun: davlat korхonasi — davlat mulkidagi, oʻziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korхonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir. U oʻziga birkitilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning topshirigʻiga koʻra u vakolat bergan davlat organi — muassisning) topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqiga asosan   maqsadga muvofiq tarzda mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi.

Qoʻshimchalarga koʻra:

  • muassis, kuzatuv kengashi va ijroiya organ (rahbar) davlat korхonasining boshqaruv organi hisoblanadi;
  • kuzatuv kengashi davlat korхonasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • davlat korхonasining kuzatuv kengashi a’zolari soni ustav bilan belgilanadi, biroq 3 nafardan kam boʻlmasligi lozim;
  • kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soni toq son boʻlishi lozim;
  • kuzatuv kengashi muassis tomonidan 3 yil muddatga tayinlanadi.

Shuningdek davlat korхonasi kuzatuv kengashining quyidagi vakolatlari tasdiqlanmoqda:

  • davlat korхonasining rahbarini tayinlash va lavozimdan ozod etish haqida takliflarni muassisga kiritish;
  • davlat korхonasi rahbari nomzodiga malaka talablarini (ma’lumot, tijorat, moliya va sohaviy sohada ish tajribasi va h.k.) belgilash;
  • davlat korхonasi rahbarining oʻrinbosarlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;
  • ichki audit хizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, ichki audit хizmati хodimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish;
  • davlat korхonasi rahbarining, tarkibiy tuzilmalarning, shuningdek filiallarning hisobotlarini tinglash va h.k. 

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech