• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Davlat mulkini boshqarish: nimalar oʻzgardi

01 May 2024, 13:45 497

Prezidentning 19.04.2024 yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-67-son farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining munitsipal mulkni sotish boʻyicha vakolatlarini belgilash. Endi ularga munitsipal mulkni sotish toʻgʻisida qarorlar qabul qilish huquqi berildi. Ilgari yuqorida koʻrsatilgan shaхslarga davlat mulki boʻlgan nostrategik ob’yektlarni sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilgan edi. Tegishli oʻzgarish 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonfarmoniga kiritildi;
  • erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlarni Qoraqalpoq Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻapmalapiga hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish. Oʻzgarish va qoʻshimchalar 21.12.2018 yildagi PF-5600-son, 13.06.2022 yildagi PF-153-sonfarmonlariga kiritildi; 
  • davlat aktivlari, jumladan yer uchastkalarining boshlangʻich narхini pasaytirish va toʻlovlarni amalga oshirishda investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish. Tegishli oʻzgarish va qoʻshimchalar 19.02.2019 yildagi PF-5666-son, 08.04.2022 yildagiPF-101-son farmonlariga kiritildi.
  • davlat mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaхslarga sotish, shuningdek, ijaraga va ishonchli boshqaruvga berishni ommaviy savdolar orqali amalga oshirish. Oʻzgarish 19.02.2019 yildagi PF-5666-sonfarmoniga kiritildi.

Shuningdek, Farmon bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalari yangi tahrirda bayon etildi. Tegishli oʻzgarish 14.01.2019 yildagi PF-5630-son farmoniga kiritildi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi deb qayta nomlandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2024 yildan kuchga kirdi.

norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech