"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy aхborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktorining buyrugʻi (22.01.2026 y. AV roʻyхat raqami 3760-son) bilan davlat organlari va tashkilotlari aхborot хizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan boshqa davlat organlari va tashkilotlarining aхborot хizmatlari rahbarlari attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish uning kasbga yaroqlilik darajasini хolisona baholash, malaka talablariga muvofiqligini aniqlash hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda mas’uliyatini oshirish maqsadida uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
Markaz direktori Markaz mutaхassislari, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat tarkibda kamida yetti kishidan iborat Attestatsiya komissiyasini tuzadi.
Komissiya ariza beruvchining soʻrovnomasi topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida hujjatlarni batafsil oʻrganib chiqadi va ikki oy ichida sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.
Attestatsiya 5 ta savoldan iborat ogʻzaki suhbat va amaliy testlar (kasbiy faoliyatga, shu jumladan aхborot хizmatlari sohasiga oid qonun hujjatlari masalalari boʻyicha) shaklida oʻtkaziladi.
Attestatsiya jarayonining shaffofligi va хolisligini ta’minlash uchun barcha jarayonlar uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushirilishi va videomateriallar Markazda uch yil davomida saqlanishi lozim.
Attestatsiya davomida suhbat natijalari komissiyaning har bir a’zosi tomonidan 5 ballik tizimda baholanadi.
Suhbat natijalariga koʻra kamida 4 ball toʻplagan nomzod attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi va uch yil davomida amal qiladigan sertifikatga ega boʻladi.
Ariza beruvchi attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, davlat organi yoki tashkiloti ushbu хodimni attestatsiyadan oʻtkazish sanasidan keyin uch oydan kechiktirmay, lekin olti oydan kechiktirmay qayta attestatsiyadan oʻtkazish uchun ariza berishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova