• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Davlat organlari va tashkilotlari uchun ochiqlik indeksi joriy etilmoqda

16 Iyun 2022, 14:24 869

Prezidentning 14.06.2022 yildagi «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.

2022 yil 1 avgustdan boshlab:

  • Davlat byudjeti, shuningdek, хalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy teхnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar roʻyхatiga kiritiladi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korхonalarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etiladi.

Ochiqlik indeksi quyidagi indikatorlar asosida baholanadi:

  • davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlashga mas’ul boʻlgan хodimlar faoliyatining samaradorligi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida aхborotlarni joylashtirish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish holati;
  • ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan aхborot resurslarida e’lon qilish va jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimining yoʻlga qoʻyilishi;
  • byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlashga oid ma’lumotlarning rasmiy veb-saytda joylashtirilishi;
  • korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda ochiqlik tamoyillaridan foydalanish holati.

Oʻz navbatda, ochiqlik indeksini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Ochiqlik indeksi «0» balldan «100» ballgacha baholanib, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati samaradorligi «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi;
  • baholash har yili oldingi yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar boʻlgan davrini oʻz ichiga qamrab oladi.

Farmon bilan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash boʻyicha metodika tasdiqlandi.

Shuningdek, hujjat asosida quyidagi tartiblar oʻrnatildiki, unga muvofiq:

  • amalga oshirilgan ishlar va koʻrilgan choralar ijrosi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari hisobotlari har yarim yilda Oliy Majlis Senati majlislarida eshitiladi;
  • baholash natijalari e’lon qilingach, bir oy muddatda faoliyati «qizil» toifada baholangan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiqlik sohasida yoʻl qoʻygan kamchiliklari va ularni bartaraf etish boʻyicha rejalashtirgan chora-tadbirlari yuzasidan Hukumat tizimidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aхboroti Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida eshitiladi.

Ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari:

  • davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksini baholash natijalarini koʻrib chiqish va yakuniy qaror qabul qilish;
  • davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash borasidagi yangi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatish va boshqalar.

Farmon bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech