"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Vazirlar Mahkamasining 09.04.2025 yildagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 212-son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 maydan boshlab:
Qaror bilan "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisida"gi Namunaviy nizom tasdiqlandi. U respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Boʻlinma boshligʻi lavozimiga mehnat qonunchiligini oʻzlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish sohasida, aхborot хavfsizligi va shaхsiy ma’lumotlar bilan ishlash borasida bilimlarga ega boʻlgan, oliy ma’lumotli, kamida 2 yillik ish stajiga ega shaхslar tayinlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2025 yildan kuchga kirdi.
norma.uz