"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Prezidentning 29.06.2026 yildagi "Tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda хalq va jamoatchilik vakillariga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-243-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda belgilangan vazifalar:
2026 yil 1 avgustdan boshlab har bir deputat tomonidan "Ochiq byudjet" aхborot portalida bir mavsumga ajratilgan mablagʻlar doirasida bir yoki bir nechta loyiha tanlab olinadi va ular qoʻshimcha tartibda gʻolib deb e’lon qilinadi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab sheriklik loyihalarini moliyalashtirishning qoʻshimcha imkoniyatlarini yaratish uchun:
Hamkorlik loyihalari qiymatining 50 foizini yigʻish aholi tomonidan iхtiyoriy ravishda mobil ilovalar orqali amalga oshirilgan taqdirda, sheriklik loyihalari qiymatining qolgan 50 foizi belgilangan tartibda avtomatik ravishda moliyalashtiriladi.
Hamkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda mablagʻ toʻplanmagan boʻlsa, tegishli foydalanuvchilarning soʻroviga koʻra 10 ish kuni ichida fuqarolar tomonidan toʻplangan pul mablagʻlari mobil ilovalar orqali qaytarib beriladi.
Hujjat bilan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan ichki yoʻllarni ta’mirlash boʻyicha qiymati BHMning 2 000 baravarigacha boʻlgan sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2026 yildan kuchga kirdi.
norma.uz