• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlarga soliq solinmaydi

13 Fevral 2024, 9:12 773

Prezident tomonidan 07.02.2024 yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-906-son Qonun imzolandi.

Soliq kodeksiga kiritiladigan qoʻshimchaga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya ob’yektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar foyda soligʻi solishda hisobga olinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: “yashil energiya” sertifikati – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.

Quvvati 300 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maхsus vakolatli davlat organida roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech