• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

“Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonun

26 Fevral 2025, 15:28 158

“Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1036-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi

Qonunga ko‘ra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oshiriladi.

Ekologik ekspertiza ob'ektlari quyidagilardan iborat va ular davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart:

▪️barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari;

▪️loyihaoldi va loyiha hujjatlari;

▪️tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yo‘riqnomalarning loyihalari;

▪️chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizasiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar;

▪️atrof-muhitning holatiga va inson sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa ob'yektlar;

▪️maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan ob'yektlar.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega bo‘ladi:

atrof-muhitga ta'sirni baholash materiallari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan e'tiboran 3 yil mobaynida;

ekologik normativlar loyihalari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan kundan e'tiboran 5 yil mobaynida.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Huquqiy axborot

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu