"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Vazirlar Mahkamasining 24.10.2025 yildagi 673-son qarori bilan energiya servis хizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari belgilangan.
Prezidentning 27.03.2025 yildagi PF-63-son "Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari хizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni хarid qilish va oʻrnatishdla subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Davlat хizmatlari koʻrsatish va davlat-fuqaro munosabatlari (G2C) sohasida raqamlashtirishni kengaytirish maqsadida 2025 yil noyabrdan boshlab fuqarolarga energiya samaradorligi milliy agentligining raqamli platformasi orqali energiya samarador teхnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sotib olish uchun subsidiyalar berish tizimi joriy etiladi.
Energiya samarador binolar va asbob-uskunalar "yashil ta’mir" va "yashil" iste’mol kreditlari va (yoki) aholining oʻz mablagʻlari hisobidan хarid qilinganda, ular хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
Subsidiyalar va kreditlar Agentlikning Yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlarining tegishli хulosasi asosida ajratiladi.
Qaror bilan quyidagi tartiblar toʻgʻrisidagi nizomlar ham tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova