• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

DXSh loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasi shakllantirilmoqda

24 Sentyabr 2023, 15:30 754

Prezident tomonidan 14.09.2023 yildagi “Oʻzbekistonda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-307-son Qaror imzolandi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan Oʻzbekistonda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasini boshqarish guruhi tashkil etilmoqda. 

Ma’lumot uchun: Jamgʻarma YeTTB boshqaruvida 5 yil muddatda (keyinchalik uzaytirish sharti bilan) boʻladi.

Jamgʻarma YeTTB tomonidan jalb etiladigan 10 mln yevro miqdoridagi grant va YeTTB tomonidan respublikaga taqdim etiladigan 10 mln yevro miqdoridagi kredit mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.

Jamgʻarma tomonidan umumiy qiymati $10 mln ortiq boʻlgan DXSh loyihalari boʻyicha konsultantlar хizmati moliyalashtiriladi.

Umumiy qiymati $10 mln ekvivalentidan ortiq boʻlgan DXSh loyihalari "SOURCE" хalqaro platformasida joylashtirib boriladi.

Shuningdek, YeTTB tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarishning prognoz jadvali tasdiqlanmoqda.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech