"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332025-yil 13-oktyabrdan boshlab imtiyozli asosda pensiyaga chiqish huquqini belgilaydigan kasb va ish turlarining yangilangan roʻyxati amalga kirdi. Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-sonli qarori bilan tasdiqlanib, 1994-yil 12-mayda qabul qilingan 250-sonli qaror o’rniga joriy etildi (VMQ-250 13.10.2025 yildan oʻz kuchini yoʻqotgan).
Yangi tartibga muvofiq, pensiyaga muddatidan oldin chiqish imkoni berilgan barcha kasblar uchta toifaga ajratilgan:
- Yoshiga qaramasdan pensiyaga chiqish huquqini beruvchi kasblar;
- Pensiya yoshigacha 10 yil oldin chiqish huquqini beruvchi kasblar;
- 5 yil oldin chiqish imkonini nazarda tutuvchi kasblar.
Bu imtiyozdan foydalanish uchun xodimda belgilangan umumiy va maxsus mehnat staji mavjud boʻlishi shart.
Mas’ul xodimlar uchun tavsiya:
Tashkilotdagi imtiyozli lavozimlar roʻyxatini yangi tasdiqlangan hujjat bilan taqqoslab chiqish lozim. Ayniqsa, zararli va xavfli ish sharoitida mehnat qilayotgan xodimlar boʻyicha alohida e’tibor talab etiladi.
Endilikda kasblarni roʻyxatga kiritish yoki chiqarish faqat ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida amalga oshiriladi. Attestatsiya davomida mehnat sharoiti hamda jarohatlanish xavfi darajasi baholanadi.
Agar xodim oʻz kasbini roʻyxatga kiritish zarur deb hisoblasa, u ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qoʻmitasiga ikki nusxada ariza taqdim etishi mumkin. Shundan soʻng ish beruvchi kasaba uyushmasi bilan birgalikda attestatsiya oʻtkazib, natijalarni sohaviy vazirlikka va keyinchalik Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga yuborishini ta’minlaydi. Ushbu vazirlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda qaror qabul qiladi. Barcha jarayon 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Yangi tartib imtiyozli pensiya berish tizimini yanada shaffof qildi — endi qarorlar faqat rasmiy roʻyxat asosida emas, balki real mehnat sharoiti va baholash natijalariga koʻra qabul qilinadi.
Mas’ul xodimlarga tavsiya etiladi: tashkilotdagi lavozimlar yangilangan roʻyxatlarga toʻgʻri kelishini tekshirib chiqish hamda ish joylari attestatsiyasi oʻz vaqtida oʻtkazish.
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 oktyabrdagi 637-sonli qarori.
Nilufar Yusupova,
Yuridik departamenti normativ-huquqiy va kadrlar
masalalari boʻyicha sektor boshligʻi