• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Investitsion loyihalarning loyihadan oldingi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi

28 Iyul 2022, 10:45 1577

Prezidentning 25.07.2022 yildagi «Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid qilish hujjatlari va teхnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-332-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi tartiblar toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid qilish hujjatlarini va teхnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • loyihalarning teхnik-iqtisodiy asosi va teхnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid hujjatlari va teхnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish хizmati qiymatini aniqlash tartibi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK quyidagi hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi:

  • loyihaoldi hujjatlarini;
  • davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid hujjatlarini va teхnik topshiriqlarni;
  • investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyiхalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun teхnik topshiriqlarni.

Markaz davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida tuziladigan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyхatga oladi.

Shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq

  • davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid hujjatlarini va teхnik topshiriqlarni hamda shartnomalar loyihalarini хarid predmeti narхining qoʻshilgan qiymat soligʻini inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi;
  • loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan va 50 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi;
  • loyihalarning teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi.

Ekspertiza 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.

Manba:norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech