"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332025 yil 1 martdan Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonuniga muhim oʻzgartirishlar kuchga kirdi
Yangiliklar davlat xaridlari tizimining samaradorligi, shaffofligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar orasida xarid qilish tartib-taomillarining ikkita yangi turi, hadli kelishuvni tuzish qoidalarining yangilanishi, davlat xaridlari tamoyillarining toʻldirilishi, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralarining kuchaytirilishi bor.
Ayrim asosiy oʻzgarishlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtamiz:
Davlat xaridlarining ikkita yangi turi joriy etildi: kichik qiymatdagi xaridlarning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari. Ularni tuzish tartibi Qonunga kiritilgan qoʻshimcha 5-1 va 8-1-boblar bilan tartibga solinadi.
Ushbu xaridlar Qonunning 61-moddasida nazarda tutilgan xarid oʻrniga amalga oshirildi.
Bunday xarid quyidagi cheklovlar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- Korporativ buyurtmachilar uchun bitta shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha;
- BHMning 25 baravarigacha - byudjet tashkilotlari uchun;
Soddalashtirilgan tartib-taomil boʻyicha xaridlarning umumiy yillik hajmi korporativ buyurtmachilar uchun BHMning 1000 baravaridan va byudjet buyurtmachilari uchun BHMning 500 baravaridan oshmasligi kerak.
Soddalashtirilgan xaridda ESGZda e’lon berish talab etilmaydi. Eng past narxni taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi ma’lumotlar 5 ish kuni ichida YaIDXPga joylashtiriladi.
Birinchi bosqichda ishtirokchilar oʻzlarining texnik takliflarini beradilar. Takliflarni koʻrib chiqishda buyurtmachining ehtiyojlari, sotib olinadigan buyumning maqsadi va vazifalari hisobga olinadi, natijada malakali ishtirokchilar tanlab olinadi.
Ikkinchi bosqich kamida ikki nafar ishtirokchi birinchi bosqichdan oʻtgan taqdirda oʻtkaziladi. Ikkinchi bosqichga kelib buyurtmachi kelib tushgan dastlabki takliflarga muvofiq oʻzining dastlabki talablarini qayta koʻrib chiqadi va takomillashtiradi, bunda xarid predmetini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shundan soʻng, 20 ish kuni ichida birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilarga oʻzgartirilgan xarid hujjatlari yuboriladi va yakuniy takliflarni taqdim etish orqali xaridda ishtirok etish taklif etiladi.
Ikki bosqichli xarid natijalariga koʻra buyurtmachi gʻolib bilan shartnoma tuzadi va u toʻgʻrisidagi axborotni 5 ish kuni ichida YaIDXPga joylashtiradi.
Tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotni davlat buyurtmachilari ular tuzilgan paytdan e’tiboran besh ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart.
Agar tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlov amalga oshirilmaydi.
Buyurtmachi tanlov yoki tender natijalari boʻyicha aniqlanadigan bir necha gʻolib bilan bir yildan uch yilgacha muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkin.
Xarid qilish hujjatlarida buyurtmachi hadli kelishuv tuzishni shartlarini, shuningdek hadli bitimning amal qilish muddati davomida moʻljallanayotgan xaridlar hajmidan kelib chiqqan holda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy hajmini koʻrsatadi. Bunda davlat buyurtmachisi hadli bitimda koʻrsatilgan toʻliq summaga shartnoma tuzishi shart emas.
. Hadli bitimlarni tuzish va amalga oshirish xarid shartlarini ma’lum muddatga oldindan belgilash imkonini beradi.
Yangilangan "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonun davlat xaridlarining samarali, shaffof va barqaror tizimini yanada rivojlantirish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va xaridlar tizimiga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.
Z.Mamajanova,
Yuridik departament yuriskonsulti