• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi

21 Oktyabr 2024, 12:57 171

“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi. 

Farmonga koʻra,  kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi.

Texnikumlarda:

kadrlar tayyorlash ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetentsiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;

boshlangʻich kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta ta’lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

oʻrta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Farmonga  muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyxati tasdiqlandi.

2025 yil 1 sentyabrgacha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi.

2025/2026 oʻquv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:

fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirishga;

yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy qilishga;

kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;

fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga;

kasbiy koʻnikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.

Bo`lishmoq:
Text to speech