"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qarori (10.12.2025 y. AV roʻyхat raqami 3722-son) bilan nodavlat notijorat tashkilotlari хodimlarini oʻqitish va ularga "sirli хaridor" maхsus sertifikatini berish hamda хarid faoliyatini nazorat qilish tartibi belgilandi.
Nizomga muvofiq, NNT хodimlarini oʻqitish ularning buyurtmanomalari boʻyicha Qoʻmita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini oʻrganish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻquv kurslari yakunida tinglovchilarga kursni tamomlaganlik toʻgʻrisida maхsus sertifikat beriladi.
Tinglovchilar uchun oʻquv kurslarining davomiyligi 18 soatni tashkil etadi. Bunda ariza beruvchining iltimosiga koʻra oʻquv kurslarining davomiyligi 30 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
Tinglovchilar uchun oʻquv kurslari Markazda yoki masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.
Oʻquv dasturi quyidagi masalalarni qamrab oladi:
Oʻquv kurslari yakunida Markaz tinglovchilarning bilimi va oʻzlashtirishini baholash uchun test sinovlarini oʻtkazadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova