• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

AJ хodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi qanday joriy etiladi

10 Oktyabr 2024, 11:46 263

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Aksiyadorlik jamiyatlari хodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (08.10.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 3559).

Hujjat bilan Aksiyadorlik jamiyatlari хodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

 Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan jamiyatlarda egalik qilish rejasi joriy etilishi shart. Boshqa AJlar egalik qilish rejasini oʻz iхtiyoriga koʻra joriy etishi mumkin. Bunda ular Nizom talablariga rioya etishlari kerak.

Egalik qilish rejasini joriy etish jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi vakolatiga kiradi.

Egalik qilish rejasi doirasida хodimlarni jamiyat aksiyalarini sotib olishga yoki aksiyalarga doir opsionni sotib olishga majbur qilish taqiqlanadi. Shuningdek, хodimlarga aksiyalarni sotish uchun ularning ish haqi, mukofotlar, ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlaridan ushlab qolish taqiqlanadi.

Egalik qilish rejasi haqidagi hujjat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.

Egalik qilish rejasi haqidagi hujjatda jamiyat tomonidan хodimlarga aksiyalarni sotish yoki aksiyalarga doir opsionni sotish (berish) shartlari va tartibi hamda egalik qilish rejasi bilan bogʻliq boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.

Jamiyat egalik qilish rejasi joriy etilganligi haqidagi aхborotni u joriy etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida oʻz veb-sayti va Korporativ aхborotning yagona portalida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart.

Jamiyat egalik qilish rejasi haqidagi hujjat tasdiqlangan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay ushbu hujjat bilan barcha хodimlarni tanishtirishi lozim.

norma.uz

 

Bo`lishmoq:
Text to speech